Grammatika va morfologiyaga kirish



Yüklə 18,22 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü18,22 Kb.
#154247
  1   2   3   4   5
22-ma’ruza grammatika va morfologiyaga kirish reja-fayllar.org


22-ma’ruza grammatika va morfologiyaga kirish reja

22-MA’RUZA

GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYAGA KIRISH

REJA:
1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot.
2. So`z shakl va grammatik ma’no.
3. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari.
4. So`zning grammatik shakli.
5. Grammatik kategoriya.
6. So`z turkumlariga ajratish tamoyillari.

Grammatika haqida umumiy ma’lumot
Grammatika – tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning bo`limi. Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir.
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya qismida so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, sintaksis qismida so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi.
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo leksikologiya leksik so`zni – leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni – so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi.

So`z shakl va grammatik ma’no
Leksik so`z yoki leksema ma’no va ifoda birligidan iborat bo`lganidek («kitob» leksemasining ma’nosi, yoki mazmun plani - «o`qish quroli» tushunchasini anglatishi, ifodasi yoki ifoda plani k, i, t, o, b tovushlaridan tashkil topishidir), grammatik so`z, yoki so`z shakl grammatik ma’no ham grammatik ifoda (shakl) birliogidan iboratdir. Jumladan, kitob so`zi «o`qish quroli» tushunchasidan tashqari ot, birlik son, bosh kelishik tushunchalarini ham bildiradi. Bunda kitob so`zining «o`qish quroli» tushunchasini ifodalashi uning leksik ma’nosi sanaladi va shu so`zning otga mansubligi, birlik son va bosh kelishikda ekani uning grammatik ma’nosidir.
So`zning grammatik ma’nosi uning leksik ma’nosi bilan belgilanmaydi. Masalan, suv, havo, shamol, bulut kabi so`zlarning leksik ma’nolari turlicha, lekin grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni bularning barchasi birlik, bosh kelishikdagi otlardir. Aksincha, birgina leksik so`z, leksema, ma’lum leksik ma’no anglatgani holda turli shakllarda qo`llanib, har xil grammatik ma’noni ifodalashi mumkin. Masalan, o`qimoq fe’lining tuslanishli shakllari turli grammatik ma’nolarni bildiradi: o`qiyapman so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining I shaxs birlik ma’nosini, o`qiyapsan so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining II shaxs birlik ma’nosini va h.k.
Demak, so`zning ma’lum turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, so`zning ma’lum bir grammatik shaklini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no hisoblanadi. Ko`rinadiki, grammatik ma’no o`z xususiyatiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) ma’lum bir so`z turkumi uchun umumiy bo`lgan ma’no, ya’ni kategorial grammatik ma’no; 2) xususiy grammatik ma’no so`zining kategorial grammatik ma’nosi ma’lum so`z turkumlari uchun xos bo`lgan umumiy grammatik ma’nolardir. Masalan, non, suv, uy, dala so`zlarining har biriga xos bo`lgan ma’no – leksik ma’no. Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan ma’no ya’ni predmet ma’nosi grammatik ma’nodir. Ayni shu umumiy grammatik ma’no ularni bir turkumga, ya’ni ot turkumiga birlashtiradi. Shuningdek, chiroyli, dono, fozil, kamtarin so`zlari uchun umumiy bo`lgan belgi ma’nosi va o`qi, o`rgan, mehnat qil, bor, kel so`zlari uchun umumiy bo`lgan harakat ma’nosi kategorial grammatik ma’no sanaladi.
So`zning xususiy grammatik ma’nosi ma’lum bir so`z turkumi uchun mansub bo`lib, bunday ma’noga otlarga xos bo`lgan son, egalik, kelishik ma’nolari, fe’llarga xos bo`lgan nisbat, mayl, zamon, shaxs-son, bo`lishli – bo`lishsizlik kabi ma’nolar kiradi.


Yüklə 18,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə