Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
3-мавзу маърузаси

128
MANBAShUNOSLIK
(vafoti 536/1141-y.) “Anis at-toibin va sirotulloh al-mubin” 
(“Tavbakorlar hamrohi va Allohning ravshan yo‘li”), Abulfath 
Muhammad ibn Nasr Ahmad an-Namiqiyning (vafoti 641/1243–
1244-y.) qalamiga mansub “Hadiqat al-haqiqa” (“Haqiqat bog‘i”), 
Muhiddin Muhammad ibn al-Arabiyning (vafoti 638/1240-y.) 
“Fusus al-hikam” (“Hikmat ko‘zlari”), Muhammad ibn Ahmad 
ibn As’ad al-Buxoriyning (XIII asr) “Maslak al-ori
fi
n” (“Ori
fl
ar 
yo‘li”), Abubakr ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Shohovar al-
Asadiy ar-Roziyning (“Najmuddin ad-Doya” nomi bilan shuhrat 
topgan, vafoti 654/1256-y.) “Mirsod al-ibod min al-mabda’ ila 
al-ma’od” (“Bandalarning avvaldan oxirgacha istagi”), Ali ibn 
Shihobuddin al-Husayniy al-Hamadoniyning (vafoti 786/1385-
y.) “Avrod al-fathiyya” (“Ochuvchi zikrlar”), Kamoluddin Abdur-
razzoq Koshoniyning (vafoti 730/1329 yoki 735/1335-y.) “Sharhi 
“Manozil as-soirin ila al-haq” (“Haqqa yetuvchilarning manzil-
lari” sharhi”), Mavlono Ahmad ibn al-Qosim Davlatobodiyning 
“Nosir” (XIV asrda yashagan) “Odob al-muridin” (Muridlar 
odobi), Abu Ali al-Husayn ibn Yahyo al-Buxoriy az-Zandavisti-
yning (vafoti 864/1459-y.) “Ravzat al-ulamo va nuzhat al-fuzalo” 
(“Olimlar bog‘i va fozillar sayri”), Abdulhaq ibn Sayfuddin al-
Qodiriy ad-Dehlaviyning (vafoti 1052/1642-y.) “Odob as-solihin” 
(“Solihlar odobi”) hamda Ali ibn Ahmad al-G‘uriyning “Kanz 
al-ibod 
fi
sharh al-avrod” (“Avrod sharhida bandalar xazinasi”) 
asarlari va boshqalar shular jumlasidandir.
1. “Qut al-qulub” 
(“Qalblar ozig‘i”). Arab tilidagi bu 
mashhur asarning mualli
fi
Abu Tolib Muhammad ibn Ali ibn 
Atiyya al-Yamaniy al-Makkiy (vafoti 386/996-y.) hisoblanadi. 
Tasavvufning umumiy masalalariga bag‘ishlangan mashhur 
asar. Undan o‘rtaosiyolik mutasavvif olim Xoja Muhammad 
Porso (1349–1420) ham keng foydalangan, o‘z asarlarida iqti-
boslar keltirgan.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə