Zahiriddin muhammad bobur nomidagi



Yüklə 361 Kb.
səhifə1/7
tarix12.05.2023
ölçüsü361 Kb.
#109842
  1   2   3   4   5   6   7
Rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixiy manbalari.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX FAKUL’TETI
O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI


Qo‘lyozma huquqida

“401” guruhi talabasi


Nishonov Sardorbek


Rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixiy manbalari.

5120300 – “Tarix” (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim


yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan


BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ish rahbari: Dots. S.A.Xoshimov.

Andijon 2019
REJA


Kirish


I-BOB. Rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixiga doir arab va eski o‘zbek tilidagi manbalar
I.1. Arab tilidagi tarixiy, tarixiy-jug‘rofiy va
adabiy asarlar
I.2. O‘zbek tilidagi manbalar
II – BOB. Rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixiga doir fors tojik tilidagi tarixiy, jug‘rofiy va adabiy asarlar
II.1. Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar
II.2. Fors-tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar
Xulosa


K I R I Sh

Tarix xotirasi, xalqning janojon
o‘lkaning, davlatimiz xududining xolis
va haqqoniy tarixini tiklash, milliy
o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa,
milliy iftixorni tiklash va o‘stirish
jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi.
I.A.Karimov.


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, hullaski, Vatanini tarixini bilishni istaydi.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh-yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir.
Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki o‘zingizga ma’lum, Sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi 1
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-o‘zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo‘yganidan buyon o‘tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o‘zgarishlarning eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to‘plagan boy tarixiy-ma’naviy merosiga e’tiborning kuchayishi bo‘ldi.
Mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan bo‘lsa-da, xalq o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini avaylab saqlab va boyitib keldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik davrida ma’naviy merosga sinfiy nuqtai nazardan yondashish oqibatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz progressiv va reaksion bloklarga bo‘lindi. Reaksion deb baholangan milliy qadriyatlarimiz, odatlarimiz va an’analarimiz qoralandi, tanqid ostiga olindi. Ko‘pgina tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi, kitoblar va qo‘lyozmalarni nashr etish, o‘rganish man etildi yoki e’tiborsiz qoldirildi.
Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqimizning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi»1
Ma’naviy meros qadimiy zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar, siyosiy-falsafiy huquqiy va diniy qarashlar, ahloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u hayot o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlari uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod madaniyatini yangidan yaratmaydi, ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa, shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.

Yüklə 361 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə