|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси138
mANBAShUNOSLIK
bilan Boysunqur mirzoga ustalar faoliyati bo‘yicha axborot
berib turgan. Ulardan birining sanasi 830/1427-yil bo‘lib, Tur-
kiyadagi To‘pqopi saroyida saqlanadi va kutubxonada faoliyat
yuritgan kitobat san’ati ustalaridan 25 tasining nomi keltiriladi.
Hirot kutubxonasida 1429–1431-yillar mobaynida badiiy ji-
hatdan yuksak darajada bajarilgan ko‘plab qo‘lyozmalar yara-
tilgan bo‘lib, Boysunqur mirzo vafotidan so‘ng kutubxona katta
o‘g‘li Alouddavla ixtiyoriga o‘tadi. 1447-yil Shohrux vafot et-
gach, Mirzo Ulug‘bek ustalarning bir qismini Hirotga xos ijodiy
uslublarni davom ettirish uchun Samarqandga olib keladi. Bi-
roq 1449-yilda Mirzo Ulug‘bek o‘limidan so‘ng ustaxona ishi
barham topadi.
Hirotdagi temuriylar kitobat san’ati Sulton Husayn Boyqa-
ro va uning vaziri Alisher Navoiy (1441–1501) yashagan davr-
da yanada yuksak rivoj topdi. Xuroson, ayniqsa, Hirot olim-
lar, betakror ijodkorlar bilan gavjum bo‘lgan va har bir kishi
muayyan hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Dastlab Mav-
lono Fasihiddin sohibdor Husayn Boyqaro kutubxonasi
ning
boshqaruvchisi bo‘lgan. Mavlono Hoji Muhammad naqqosh
(vafoti 1507- y.) avval Husayn Boyqaro, so‘ng 1499-yilgacha
Alisher Navoiy kutubxonasida boshqaruvchilik qilgan, un-
dan so‘ng Alisher Navoiyning kutubxonasini Xondamir (vafoti
taxm. 942/1535–1536-y.) boshqargan. Mavlono Hoji Muham-
mad 1498-yil Hirotni tark etib, Balxda Badiuzzamon kutub-
xonasiga rahbarlik qilgan. O‘rta asrlarning buyuk san’atkori,
miniatyura san’atining vakili Kamoliddin Behzod (1456–1537)
dastlab 1500-yili Husayn Bayqaro saroyidagi kutubxonaga,
keyinchalik, Hirotdan Tabrizga ketgach, shoh Ismoil I (1502–
1524) kutubxonasini boshqargan.
Saroy kutubxonalaridan tashqari, so‘
fi
ylar xonaqohini ham
kitoblar yaratiladigan muassasa sifatida keltirish mumkin.
Muhammad Porso nomi bilan mashhur so‘
fi
y Muhammad ibn
Muhammad ibn Mahmud al-Ho
fi
z al-Buxoriy (1345–1420) XV
|
|
|