|
![](/i/favi32.png) Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси142
mANBAShUNOSLIK
ko‘chirilgan nusxasining muqovasida birinchi marta inson tas-
viri ifodalanadi. Hirot miniatyurasini xarakterlovchi bunday
kompozitsiyalar keyinchalik Hirot va Tabrizda hatto gilamlarda
ham ko‘zga tashlanadi. Bu kabi holatlar, muqovalarda ifodalan-
gan bezaklardan foydalanish Sharqning turli markazlariga tar-
qalgan bo‘lsa ham, san’atning o‘ziga xos uslubining dastlabki
manbasi Hirot bo‘lib qoldi. Temuriylar davlatining viloyat va
markazlarida ham muqovasozlik san’atining Hirotga xos uslubi
dastlab u yerda ijod qilib, turli hududlarda ijodini davom et-
tirgan ustalar tomonidan keng qo‘llanilgan.
Hirot muqovalarining boshqa bir guruhi
medalon
yo‘nalishi
bilan ajralib turadi. Asosiy bezakni medalon shakli tashkil et-
gan muqovalarda old va orqa jild markazi bodomsimon yoki
aylana shaklidagi medalon –
turunj, shams
bilan bezatilgan,
ko‘p hollarda medalonning chorak qismi –
qo‘shband
har bir
burchakda qaytarilgan. Medalon shakli jildning ichki tomonida
charmdan na
fi
s bezak kesish orqali ham aks ettirilgan.
Medalon shaklli kompozitsion uslub arab mamlakatlari
muqovalarida ancha oldinroq qo‘llanilgan, biroq Hirot makta-
bida yaratilgan yangi uslub – muhr asbob yordamida bajarilgan
bo‘rtma medalon va burchaklardagi na
fi
s bezaklar ushbu juda
oddiy dekorativ bezakning qimmatini oshiradi. Markaziy medal-
on, burchakdagi chorakta medalonlar va hoshiyalardan iborat
kompozitsiyaga ega muqovalarda geometrik shakllar o‘rniga
o‘simliksimon shakllar keng qo‘llanilgan, medalonlar tabiat
shakllari bilan uyg‘unlashtirilgan jimjimador nozik chiziqlar-
dan hosil qilingan. Hirot muqovalarining dastlabki namu-
nalarida medalonlar orasidagi joylar bo‘sh qoldirilgan bo‘lsa,
keyingilarida jild butunlay kompozitsion tasvir bilan qoplan-
gan. Asta-sekin bu kompozitsion tasvir mukammal ko‘rinishga
ega bo‘lib, hech qanday medalonga joy qoldirilmasdan, muqova
jildini to‘liq qoplagan. Medalonlardan juda oddiy, badiiy beza-
tilmagan muqovalardagina foydalanilgan.
|
|
|