|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI3-мавзу маърузаси139
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
asr boshlarida Buxoroda xalq uchun umumiy kutubxona tashkil
qiladi va u XIX asrgacha faoliyat yuritadi.
Temuriylar davrida muqovalarni badiiy bezatish
usullari
. Movarounnahr va Xuroson xalqlari arablardan is-
lom dini, arab yozuvini qabul qilish bilan birga, ularga xos
kitobat, jumladan muqovasozlik texnologiyasi amaliyotidan
ham foydalandi. Arab muqovalaridagi bezaklar odatda an-
cha ingichka, unchalik botiq bo‘lmagan chiziqlar bilan ajratil-
gan, geometrik bezaklar va mavhum shakllar keng tarqalgan,
o‘simliksimon bezaklar kam hollarda qo‘llanilgan. Mamluk
muqovasozligining ilk bosqichlari XIV asrda Misrda o‘zining
mukammal ko‘rinishiga ega bo‘lgan bo‘lsa, XV asrda Hirotda
har tomonlama farq qiluvchi boshqa uslub va shakllar bilan
uyg‘unlashgan holda, rivojlandi. Hirot muqovalarida bezak-
larning shakli va tarkibiy unsurlari o‘zgarib, sathga nisbatan
chuqur bo‘lishiga urg‘u berildi. Ularda o‘simliksimon bezakning
bo‘rtib chiqqanligi, fonda aniq aks ettirilishi ko‘zga tashlanadi.
Dastlab muqova jildlariga har bir bezakni tushirishda alohida
shaklni ifodalagan temir yoki yog‘ochdan tayyorlangan qoliplar
yoki asboblardan foydalanib kelingan. Muqovaning turli joylari
uchun foydalanilgan individual shakl beruvchi muhr asboblar
bitta jildning o‘zida bir necha o‘n mingni tashkil etgan. Hirotda
individual qoliplar yoki asboblarni ishlatishga barham berildi.
Yangi texnologiya kashf etilib, geometrik va o‘simliksimon
bezaklardan iborat an’anaviy uslubdagi, mayda unsurlardan
tashkil topgan murakkab tuzilishdagi yaxlit metall blokining
ishlatilishiga imkon yaratildi.
Hirot muqovasozlik san’atida butunlay
geometrik
yoki
o‘simliksimon
dizayndagi muqovalar alohida bir guruhni tash-
kil etadi. Hirotda yaratilgan Shohrux mirzo kutubxonasiga oid
qo‘lyozmalar muqovalari buning yorqin namunalaridandir.
Muqova jildining tashqi tomonidan muhr asbob bilan tushiril-
gan sidirg‘a tusdagi va oltin zarvaraqdan foydalanilgan bezak-
|
|
|