Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
3-мавзу маърузаси

140
mANBAShUNOSLIK
lar, jildning ichki tomonidagi murakkab na
fi
s kesma bezaklar 
bilan birga qo‘lyozmalarni durdona ijodiy asar darajasiga yet-
kazgan.
Temuriylar davrida poytaxt va markaziy shaharlarga tak-
lif etilgan hunarmandlar orasida xana
fi
ylar bilan birga shialar 
ham bo‘lib, shubhasiz, ularning siyosiy-ijtimoiy tabiati, dekora-
Ibn al-Hojib (vafoti taxm. 1248)ning “Al-favoid az-ziyoiya”
(“Munavvar foydalar”) nomli asarining “Al-ko
fi
 ya”
(Yetarli”) qismi (arab tili grammatikasi bo‘yicha) matniga 
A. Jomiy (1414–1492)ning sharhi. Qo‘lyozma buxorolik
xattot Abdulboqi bin Shamsiddin Muhammad
tomonidan ko‘chirilgan (1549). Muqovasini usta 
Mirma’sumxon Mirsarg‘andom Havoximxon ishlagan


141
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
tiv bezak berish mavzusiga qarashlari turlicha edi. Xana
fi
ylarda 
hayvon, qush va odam (miniatyuradan tashqari) tasviri kuza-
tilmaydi, mavhum, umumiy, ma’lum uslubga solingan, to‘qilgan 
va o‘zaro bog‘langan geometrik shakl, o‘simliksimon tasvir-
dan tarkib topgan murakkab naqsh turi hukmronlik qiladi. 
San’atshunoslik adabiyotlarida 
arabeska
deb ataladigan ushbu 
naqsh turi xana
fi
ylik ustun bo‘lgan hududlardan keng tarqalgan.
Hirot maktabining muqovalarni bezatishdagi eng muhim 
yutuqlaridan yana biri muqovalarda yaxlit qolip asboblar yor-
damida hosil qilingan 
manzarali bezak
tasvirining ifodalani-
shi bo‘ldi. Manzara tasvirli muqovalarda jildning ichki qismini 
bezatishda ko‘pincha 
charmdan na
fi
 s bezak kesish 
texnologi-
yasidan foydalanilgan. Bu texnologiyaning Misrda kopt (qibtiy) 
ustalariga, shuningdek, Sharqiy Turkiston uyg‘ur hunarmand-
lariga ham ma’lum bo‘lganligi yuqorida keltirib o‘tildi.
Manzarada aks etgan ko‘pgina bezak va tasvirlar – ajdarho, 
qaqnus, olov bilan kurashayotgan hayvon, qushlar, bulutsimon 
shakllar, aylana bo‘ylab tushirilgan dekorativ chiziqlar, keng 
bargli gullayotgan daraxt, qoyalar Xitoy san’atiga mansub 
bo‘lsa-da, ularning tasviriy uslubi Xitoy tasviriy san’atidan bu-
tunlay farq qiladi. Ularning asl shakl va kompozitsiyasi o‘sha 
davr Hirot miniatyura maktabi uchungina xosdir. Ushbu tas-
viriy shakllar Uzoq Sharqqa xos ramziy va afsonaviy ma’nolar 
ta’siridan xalos etilgan holda, xayoliy tasavvurlar natijasidagi 
tasvirlarda ifodalandi. Hirot muqovasozligida keng qo‘llanilgan 
shakllar an’anaviy mumtoz vositalar darajasiga erishgan ham-
da kitobat san’atining boshqa sohalari bilan bir xillikka ega 
bo‘lmagan.
Turli shakllar bilan boyitilgan manzarali bezaklarning 
tasvirlanishi muqovasozlik va miniatyura san’atlari orasidagi 
munosabatlardan guvohlik beradi. Xususan, XV asrning ik-
kinchi choragidan muqovalarda odam tasviri aks ettirila bosh-
lanadi. Jahon Malik Xotun (XIV asr) “Devon”ining 1437-yilda 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə