|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси144
mANBAShUNOSLIK
XVI–XIX asrlarda O‘rta Osiyoda kitobat.
Ko‘chmanchi
o‘zbeklardan bo‘lgan Shayboniyxon (1500–1510) 1499-yilda
Movarounnahrni, Sulton Husayn vafotidan so‘ng 1507-yilda Hi-
rotni egallaydi. Xuroson avval shayboniylar (1500–1601), undan
so‘ng safaviylarga (1502–1736) o‘tishi bilan Hirot o‘zining av-
valgi mavqeyini yo‘qotib, madaniy markaz Buxoro va qisman
Samarqandga o‘tadi. Bu holat kitobat san’atining rivojiga ta’sir
qilmasdan qolmasdi. Ko‘plab olim, shoir, musavvir va xattotlar
Hirotdan boshqa shaharlarga ko‘chib ketadi. Ana shu paytda
Hirot kitobat san’ati ustalari qatori xattot Sulton Ali Mashha-
diy (1437–1520) shogirdlari bilan Buxoroga kelib, Hirot kito-
bat maktabining an’analarini davom ettiradilar. Ularning O‘rta
Osiyo kitobat san’atining keyingi rivojiga qo‘shgan hissalari be-
qiyosdir.
XV asr oxiri – XVI asrda Sirdaryodan to markaziy Afg‘onis-
tongacha bo‘lgan katta hududni egallagan shayboniylar sulo-
lasi hukmronligi davrida XV asr o‘rtalaridan Samarqandda
faoliyat yuritgan temuriylarga xos kitobat san’ati maktabi o‘z
an’analarini davom ettirib keldi, Hirotdan kelgan ustalar o‘z
ijodi bilan mazkur davr madaniyatini boyitib bordi. Shayboniy-
xonning kelib chiqishi begona bo‘lmagan, yoshligida Buxoroda
ta’lim olib, turk, arab, fors tillaridan xabardor bo‘lgan, xattotlik
san’atini o‘rgangan va she’rlar yozib turgan.
Xorazmlik Muhammad Solihning (1455–1535) “Shayboniy-
noma” asari o‘sha davrdagi o‘zbek tilida yozilgan mashhur yirik
tarixiy asarlardan biri hisoblanadi. Shayboniylar saroy kutubxo-
nasi haqida Hasan Nisoriy (XVI asr) “Muzakkir al-ahbob” nomli
tazkirasida Erondan kelgan ustalarning kutubxonadagi faoliyati
to‘g‘risida qisqacha ma’lumot keltiradi. Kutubxonaga turli davr-
larda 3 nafar kitobdor rahbarlik qilgan: Mavlono Sulton Mi-
rak al-Munshiy, Mavlono Abdulloh al-Munshiy va Mir Husayn
al-Husayniy an-Nasa
fi
y. Ularning qo‘l ostida uch musavvir va
to‘qqizta usta ishlagan. Mulla Muhammad Shodi “Fathnoma”
|
|
|