|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси146
mANBAShUNOSLIK
madaniy aloqalar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. XVI asrgacha
O‘rta Osiyo san’atida fors madaniyatining ta’sirini kuzatish
mumkin bo‘lsa, safaviylar shia mazhabini rasmiy ravishda tan
olgandan so‘ng Eron bilan badiiy san’at sohasidagi aloqalarga
chek qo‘yildi. Qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Shimoliy Hindiston
boburiylar davlati bilan badiiy aloqalar mahsuli bo‘lgan yangi
qo‘lyozmalar turkumi paydo bo‘ladi. Buning sababi boburiylar
asli Movarounnahrdan bo‘lganligi uchungina emas, O‘rta Osiyo
va shimoliy Hindiston hududlarida tarixiy taraqqiyotning sha-
roitlari, ijodkorlarning badiiy qarashlari va xalqning tafakkur
doirasi bir-biriga yaqin ekanligi edi. 1570–1580-yillarda Abdul-
laxoni soniy va boburiy hukmdor Akbar (1556–1605) o‘rtasida
diplomatik aloqalar keng yo‘lga qo‘yildi. Natijada madaniy so-
hada shoirlar, olimlar, ustalar o‘rtasida safarlar uyushtirildi.
O‘sha davr O‘rta Osiyo kitobat san’atida ham hind uslubiga xos
jihatlar ko‘zga tashlanadi.
XVI asrning oxirgi o‘n yilligi Eron va Movarounnahr muno-
sabatlarida o‘zaro dushmanlik, harbiy to‘qnashuvlar bilan izoh-
lanadi. 1574-yilda Abdullaxoni soniy tomonidan Hirot to‘qqiz
oy qamal qilinadi. 1598-yilda uning o‘g‘li Mashhadni vayron
qilishi natijada Mashhad kutubxonasi, temuriylar va safaviylar
qo‘lyozmalari Buxoroga olib kelinadi. Ayni vaqtda Movaroun-
nahr qo‘lyozmalarida Eronning ta’siri, xususan, Sheroz kitobat
maktabi faoliyatining tugatilishi tufayli Sheroz uslubiga xos ji-
hatlar ko‘zga tashlanadi.
XVII asrda ashtarxoniylarning (1601–1753) hokimiyatga
kelishi mamlakatning ijtimoiy hayotida o‘zgarishlarga sabab
bo‘lmadi. XVII asrning birinchi yarmi va o‘rtalarida madaniy
sohada birmuncha ijodiy yutuqlarga erishildi, Samarqand va
Buxoroda yirik qurilishlar bo‘ldi (Registon, Labi hovuz), saroy-
da she’riyat, tarixnavislik, musiqa rivojlandi, kitobat san’atiga
homiylik qo‘llab-quvvatlandi. Buxoroda ashtarxoniy Imomqu-
lixon (1611–1641) kutubxonasida faoliyat olib borgan ikki kitob-
|
|
|