148
mANBAShUNOSLIK
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu davr kitobat san’atidagi
o‘ziga xoslik avvaldan mavjud badiiy yo‘nalishlarni saqlab
qolgan holda, temuriylar, safaviylar va hind uslublarining
qorishganligida ko‘zga tashlanadi. Badiiy qo‘lyozmalar doira-
sini avvalgidek Sharq she’riyatining mumtoz asarlari, tarixiy
asarlar, ba’zan tabiiy fanlarga oid risolalar tashkil etgan. Shu
bilan birga, xalq og‘zaki ijodiga,
afsonaviy yoki ibratomuz-
maishiy sujetlarga murojaat qilish ijodkorlar orasida keng
yoyilgan. Mumtoz yo‘nalishga amal qiluvchilar orasida esa ro-
mantik uslub ustun bo‘lgan. Bu davrga kelib Buxoroda ko‘plab
hindlar yashay boshlagan. Ular qimmatbaho toshlar, attor-
lik mahsulotlari, matolar, bo‘yoqlar, oltin
iplar bilan savdo
qilgan. Uchinchi yo‘nalishda aynan hind uslubiga murojaat
qilinib, kitobatda hind buyumlariga xos bezaklar o‘z ifodasini
topgan.
XVIII asr O‘rta
Osiyo uchun, parokanda va beqaror vaziyat
tufayli, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan inqiroz asri bo‘ldi.
XVIII asr oxiri va XIX asrlarda hududda uchta davlat – Buxoro
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligi mavjud edi.
XVIII asr oxiri XIX
asrdagi siyosiy barqaror vaziyat iqtisodiy va madaniy hayotga
o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu davrda Qo‘qon, Toshkent kabi shahar-
lar madaniy, iqtisodiy markazlarga aylandi.
XVIII asrdagi tanazzuldan so‘ng XIX asrda kitobat san’ati
rivojlanishi davom ettirildi. O‘rta Osiyoning qadimiy ma’rifat
markazlari – Buxoro
va Samarqanddan tashqari, Xivada Mu-
hammad Rahim I (1806–1825) va Muhammad Rahim II (1865–
1910) homiyligida, Qo‘qon xonliklari
usta Muhammad Sharif
Dabir boshchiligida kitobat san’ati rivojining yangi davri bosh-
landi. Kitobat san’ati ustalari qo‘lyozma kitoblarni bezatishda
o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishdi.
Xalqning siyosiy qarashlari-
dagi o‘zgarishlar qo‘lyozma kitoblar uslubiga ta’sir ko‘rsatdi.
O‘rta Osiyo o‘zining tashqi aloqalarida Sharq o‘lkalariga ko‘proq
e’tibor qaratishi natijasida qo‘lyozma kitoblar bezaklarida bu