Islom ta'limoti asoslari Reja: Qur'on va hadis – islom dinining asosiy manbalari



Yüklə 2,59 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#128411
6-MAVZU. DINSHUNOSLIK


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
DINSHUNOSLIK
HSM
Islom ta'limoti
asoslari
06
MAVZU
Sanaqulov Abror Nazarovhich
Falsafa doktori (PhD)

Islom ta'limoti asoslari

Reja:

1.Qur'on va hadis – islom dinining asosiy manbalari

2.Qur'oni karim to'g'risida ma'lumot

3.Hadis turlari

4.Imom buxoriy – buyuk hadisshunos


“Islom” – (arab. bo‘ysunish, itoat etish) – Allohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, uning ko‘rsatmalariga bo‘ysunishni anglatadi.
Muhammad s.a.v. (571-632) – islom dini asoschisi
“Машҳур пайғамбарлар ва фотиҳлар орасида ҳаёти Ҳазрати Муҳаммаднинг (алайҳиссалом) тарихидек энг кўп ва барча нуқталарда батафсил ўрганилган шахс йўқ”. Жон Девенпорт, инглиз олими

Qur‘on –o‘qimoq, qiroat qilmoq


Qur’oni karim – Alloh taolo tarafidan 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambarga oyat-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi.
Qur'oni karimning maqsadi ko'p xudolikka barham berish, yakkaxudolikka targ'ib qilish va dunyoda islom dinini o'rnatish.
Nabiy – “xabarchi”, “xabar etkazuvchi” degani.
Qur'on -114 sura 6236 oyatdan iborat.
Qur'on –Tavrot, Zabur va Injildan so'ng Allohdan vahiy orqali kelgan 4-ilohiy kitob.
610-632 yillarda Makka va Madina shaharlarida Muhammad(s.a.v.)ga nozil bo'lgan.

QUR'ONDA OLIYJANOB DEB
SANALGAN AXLOQ SIFATLARI
Sabr-qanoatli bo’lish
Ijozat so'rash va salomlashuv
Kechirimli bo'lish
Yaxshilik qilish
Rostgo'y bo'lish
Qur‘onda qoralangan illatlar
Kibru havo
Aroqxo’rlik
Zino
Yolg’onchilik
Ta‘ma
QUR'ONI KARIM ma'nolari
O'qish”, “jamlash”, “bir-biriga qo'shish”;
Shubhadan xoli va taqvodorlar uchun hidoyat (manbai);
Yomg'ir yerning bahori bo'lgani kabi Qur'on ham qalblarning bahoridir.
Qur‘onda 114 sura 6236 oyat bor
Kavsar-Qur'oni karimdagi eng qisqa sura, 3 oyat
Baqara - eng uzun sura, 286 oyat
Sura - qo’rg’on, manzil, sharaf
Hadis – Muhammad (s.a.v.) ning Qur'onga tayangan holda aytgan so'zlari, qilgan ishlari, ko'rsatmalari, fe'l-atvorlari, axloqlari, hayot yo'llari haqidagi hikoya va rivoyatlardir.
Hadis - arabcha so'z bo'lib, ma'nosi “xabar”, “yangilik”, “hikoya” demakdir.
IMOM AL-BUXORIY (810-870) hadis ilmining sultoni,
“Al-Jomi’ as-sahih” аsari juda mashhur.
ILMNI XOR QILIB, UNI
HUKMDOR ESHIGIGA OLIB BORMAYMAN.
IMOM AL-BUXORIY:
Agar bu taklifim sizga ma'qul bo'lmasa, siz hokimsiz mening
saboqlarim (ilmiy yig'inlarim)ni ma'n qiling, bu menga odamlardan
o'z ilmimni bekitmayotganim uchun qiyomat kunida
Alloh huzurida bir uzr bo'ladi
Hadis turlari
Hadisi Qudsiy –aytilgan hadisni ma'nosi Allohniki, aytilishi Muhammad (s.a.v.)dan bo'lgan.
Hadisi Nabaviy – Muhammad (s.a.v.) ning Qur'onga tayanib aytgan so'zlari, javoblari, ko'rsatmalari, qilgan ishlari haqidagi hikoyat va rivoyat.
Hadislarning bo'linishi
1. Sahih – eng to'g'ri, ishonchli hadislar
2. Hasan –go'zal hadislar
3. Zaif –ishonchsiz hadislar
Hadis to'plash sohasidagi yo'nalishlar
1- “Musnad” hadislar Manosi asoslangan, dalillangan demakdir. Axmad ibn xanbal ibn Muso to’plagan.
2-Sahih”-ya’ni ishonchli, to‘g‘ri hadislar. Imom Buxoriy, Imom Muslim to‘plagan.
3-“Sunan” hadislarning hammasi sahih bo‘lmay, ularda zaif hadislar mavjud bo‘lgan. Abu Dovud, Iso at Termiziy, an-Nasoiy va ibn Moja to‘plagan.
Islom tarixida hadislarning tan olingan 6 ta to‘plami mavjud. Bulardan, ayniqsa 2 tasi – «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko‘p e’zozlanadi.
12
“Alloh taoloning birligi va borligini Muso (alayhissalom) millatiga, Iso (alayhissalom) ummatiga,
Muhammad (alayhissalom) butun insoniyatga bildirdi”.
Napoleon, Frantsiya imperatori
“Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo'lsa-da, ko'p ish qilganiga qarab baholanadigan bo'lsa, Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir. Payg'ambar, notiq, da'vatchi, qonunshunos, jangchi, qalblarning himoyachisi, g'oyalar targ'ibotchisi, imom, davlat arbobi, yer yuzining yigirma mintaqasida islomiiy saltanat qura olgan...Muhammad (alayhissalom) ana shunday zot edi! Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u o'lchovlarga sig'sa?!” Lamartin, frantsuz olimi
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.– T.: O‘zbekiston, 2017.
2.«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) // O‘zbekistonning yangi qonunlari, № 19. –T.: Adolat, 1998.
3.Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tar­jima va izohlar muallifi
Alouddin Mansur. – T.: Sharq, 2016./
4.Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
5.Dinshunoslik asoslari. O'quv qo'llanma / Ochildiev A. va b.q. –T.: 2013. – 320 b.
6.Hadisshunoslik (o'quv qo'llanma). Rahimjonov D. va b.q.– T.: 2013. – 268 b.
7.Dunyo dinlari tarixi / tuzuvchilar: Agzamxodjaev S. va b.q.– T.: 2011. – 262 b.
8.Islom va aqidaparast oqimlar. Tulepov A.–T.: Sharq, 2014.– 536 b.
9.Internetdagi tahdidlardan himoya. Tulepov A.–T.: Movarounnahr, 2016. – 672 b.
10. http//www.muslim.uz https://hilolnashr.uz.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti
Sanaqulov Abror Nazarovich
Falsafa doktori (PhD)
E'tiboringiz uchun
rahmat!
Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə