|
![](/i/favi32.png) Islom diniga doir manba va adabiyotlar
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI3-мавзу маърузаси143
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
XV asr Hirot muqovasozlarining faoliyati yuqorida keltiril-
gan texnik va dekorativ muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qol-
magan. Birinchi bo‘lib Hirotda
lok tasviriy san’ati
muqovasoz-
lik san’atiga olib kirilgan. Mazkur holatga muqovasozlardan
ko‘ra miniatyurist musavvirlar va naqqoshlar ko‘proq ta’sir
ko‘rsatadi. Yuqorida qayd etilganidek, Hirot kitobat muassasasi
tashkil topgan birinchi yildayoq Xitoy va temuriylar poytaxti
o‘rtasida badiiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan edi. Lok texnologiya-
sini temuriylar davlatiga Xitoy hunarmandlarimi yoki Xitoyga
safar qilgan Hirot musavvirlarimi, kim olib kelganligi aniq
emas, lekin Husayn Boyqaro kutubxonasiga tegishli 1483-yil-
ga oid ajoyib qo‘lyozma lok tasviriy san’atining muqovasozlik
san’atida anchadan beri qo‘llanilib kelinganidan dalolat beradi.
Temuriylar davri muqovasozligida qo‘llanilgan texnologiya-
lardan yana biri muqovani
iplar yordamida tikilgan kashta
bezaklar bilan bezatish
hisoblanadi. Bu texnologiya sharq
muqovasozligining tarixiy rivojlanishida shu vaqtgacha ma’lum
emas edi. Istanbul universiteti kutubxonasida 2782/32-raqam
bilan saqlanayotgan Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” de-
voni uning zamondoshi Sulton Ali Qoiniy tomonidan taxminan
905/1500-yillarda Husayn Boyqaro yoki shoirning o‘zi uchun
tayyorlangan. Muqova jildining tashqi tomonidagi va qopqoq
qismdagi bezaklarning barchasi ipak va oltin iplar bilan qora
charmga tikib ishlangan.
Temuriylar davri muqovalarini bezatishda
yozuv
lardan
ham foydalanilgan. Muqova jildidagi yozuvlar – muqovalar-
ga ko‘rk bo‘lishi bilan birga, san’atga ajoyiblik va bashanglik
bag‘ishlovchi bezak sohasidagi erishilgan yutuqlardan hisobla-
nadi. Kitob muqovalari uchun yozuvlar muqovani yuqori san’at
asari darajasiga olib chiqish maqsadida aks ettirilgan. Puxta va
astoydil bajarilgan murakkab yozuvlar go‘zal husnixat, naqsh
namunalari va miniatyuraga ega qo‘lyozma namunalariga mu-
nosib ko‘rilgan.
|
|
|