|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI3-мавзу маърузаси145
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
asarining 1507-yillarga oid nusxasi (Abu Rayhon Beruniy nomi-
dagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi 5369-raqamli
qo‘lyozmasi) shayboniylar hukmronligining dastlabki davrlariga
oid badiiy qo‘lyozma namunalaridan hisoblanadi.
Shayboniyxon vafotidan so‘ng 1533-yilgacha Samarqand,
1533–1539-yillarda Buxoro poytaxt deb tan olingan. 1540–1551-
yillarda Samarqand va Buxoroning maqomi bir xil bo‘lgan.
1520–1530-yillarda Buxoro shahrida kitobat san’atining rivoji
Ubaydullaxon (1533–1540) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u Hirotga
bir necha marta yurishlar qilganda, u yerdan kitobat san’ati
ustalarini olib kelgan. Shu davrdan Buxoro kitobat san’ati Hirot
uslubi ta’siriga tushadi. Mirzo Muhammad Xaydar (1499–1551)
Ubaydullaxon to‘g‘risida shunday yozadi: “Ubaydullaxon yetti
qism birla xat futur erdi ... aning tiriklik vaqtida Buxorodagi
fuzalo va bulag‘olar, xaloyiq va aloyiqlarning hammasi Hirotdin
Mirzo Sulton Husayn zamonin yod berur”.
XVI asr o‘rtalarida Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdu-
lazizxon I (1540–1550) kutubxonasi faoliyat yuritgan. Abdullaxo-
ni soniy (1583–1598) hukmronligi davrida uzoq davom etgan
urushlardan (1557–1582) so‘ng Movarounnahrni birlashtiradi,
Toshkent va Turkistonni bo‘ysundiradi, 1584-yilda Badaxshon
va Ko‘lob, 1588-yilda Hirot egallandi. Hirot ustalarining Buxo-
roda Abdullaxoni soniy kutubxonasidagi faoliyati O‘rta Osiyo
kitobat san’atining rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Kitobat
san’ati ba’zan an’anaviy, ba’zan yangicha uslublarni o‘zlashtirgan
holda rivojlanishni davom ettirdi. Bu davrdagi an’anaviylik
Xuroson va Movarounnahrga xos umumiy madaniy merosga,
temuriylar davrining boy madaniyatiga qiziqishga asoslangan
edi. 1520–1590-yillarda Buxoro kitob miniatyuralarining uch
yo‘nalishi qayd etilgan: Hirot uslubi, Hirot-Buxoro uslubi va
Buxoro uslubi.
Kitobat san’atida yangicha uslublarning yaratilishiga 1570–
1590-yillarda boshqa o‘lkalar bilan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy,
|
|
|