Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 51,24 Kb.
səhifə5/5
tarix25.07.2023
ölçüsü51,24 Kb.
#119906
1   2   3   4   5
VEKTORLARNI SKALYAR, VEKTOR VA ARALASH KO`PAYTMALARI. ULARNING MEXANIK MA`NOLARI. IKKI VEKTOR ORASIDAGI BURCHAK. IKKI VEKTORNING KOLLINEARLIK VA KOMPLANARLIK SHARTLARI.

5-ta’rif. Agar vektorlar fazosining o`zaro chiziqli bog`lanmagan shunday

vektorlar sistemasi mavjud bo`lsaki, bu vektorlar fazosining qolgan barcha vektorlari shu sistema orqali chiziqli ifodalansa, u holda vektorlar sistemasi vektor fazoning bazisi deyiladi.
6-ta’rif. Chekli vektorlar sistemasining rangi deb undagi chiziqli bog`lanmagan vektorlarning maksimal soniga aytiladi.
7-ta’rif. Agar vektor fazoning biror

vektorlari sistemasining istalgan ikki vektorlari o`zaro ortogonal bo`lsa, u holda (4) sistema ortogonal vektorlar sistemasi deyiladi.
8-ta’rif. Agar ortogonal sistema qaralayotgan fazoning bazisi bo`lsa, bunday sistemaga ortogonal bazis deyiladi.
Sonli qiymatlari bilan to’liq aniqlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar
deb ataladi. Ham sonli qiymati, ham yo’nalishi bilan aniqlanadigan kattaliklar
vektor kattaliklar deyiladi. Skalyar kattaliklar a, b, c,… kabi harflar bilan, vektor kattaliklar , , ,… yoki bu harflarni qalin bo’yalganlari a, b, c,… bilan belgilanadi.

Xulosa: Geometrik nuqtayi nazardan vektorlar yo’naltirilgan kesmalar singari qaraladi. Boshi A nuqtada va oxiri B nuqtada bo’lgan yo’naltirilgan kesma bilan aniqlanadigan vektor kabi belgilanadi. Bunda A nuqta vektorning boshi, B nuqta esa vektorning uchi (oxiri) deyiladi. Bu yerda AB kesmaning uzunligi vektorning modulini ifodalaydi, ya’ni = . Har qanday a vektorning sonli qiymati uning moduli yoki uzunligi deyiladi va kabi belgilanadi. Boshi va uchi bitta nuqtadan iborat bo’lgan vektor nol vektor deyiladi. Uning moduli =0 boladi. Bir to’g’ri chiziqda yoki parallel to’g’ri chiziqlarda joylashgan vektorlar kollinear vektorlar deyiladi.
Nol vektor har qanday vektorga kollinear deb hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://fayllar.org/upload/download/id145802

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Vektor_(matematika)

  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Vektor_(matematika)

  4. https://english-life.uz/ikkita-vektorning-skalyar-va-vektor-kopaytmalari-va-ularning-xossalari/

  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Skalyar_koʻpaytmasi

Yüklə 51,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə