Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universititeti olmaliq filiali



Yüklə 30,4 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü30,4 Kb.
#158022
növüReferat
  1   2   3
BIOSFERADA MODDALAR ALMASHINUVI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNAVATSIYA VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITITETI OLMALIQ FILIALI


FANIDAN: “_______________________________________”
REFERAT

MAVZU: _______________________________________

BAJARDI:_______________________
TEKSHIRDI:_____________________

OLMALIQ-2023

Biosferada moddalar va aylanishi.


Reja:




  • Moddalar va energiyaning davriy aylanishi.

  • Atomlarning biogen migratsiyasi.

  • Uglerodning davriy aylanishi.

  • Azotning davriy aylanishi.



KIRISH
Moddalar va energiyaning davriy aylanishi. Biosferaning hamma tarkibiy qismlari tog‘ jinslari, tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar — tinimsiz davriy aylanish jarayoni bilan bog‘langan.
Tirik organizmlarning tarkibiga kiruvchi elementlarning tashqi muhitdan organizmlarga o‘tib, hujayradagi metabolizmda ishtirok etishi, keyin tashqi muhitga qaytib, yana tirik organizmlar tomonidan foydalanilishi moddalar va energiyaning biotik davriy aylanishi deyiladi. Biotik davriy aylanishi hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi. Biotik aylanish biosfera- ning mavjudligini ta’minlovchi, uning butunligini va barqarorli gini saqlovchi muhim omildir. Yerdagi organizmlar tarkibiga kiruvchi elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu elementlar organizmlar tomonidan faqat iste’mol qilinganida, muhitga qaytarilmaganida, ertami-kech ularning zaxirasi tugab, hayot to‘xtashi mumkin edi. Akademik V. R. Vilyams ta’kidlashicha, kam miqdorning cheksizligini ta’minlashning birdan bir usuli uni yopiq halqa bo‘ylab aylanishga majbur etishdir. Tabiat xuddi o‘sha usulni tanlagan.
Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan bir manba quyosh energiyasidir.
Yashil o‘simliklar avtotroflar quyosh energiyasi ta’sirida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi. Boshqa organizmlar (geterotroflar) esa bu moddalarni parchalaydi. Mine rallashtirilgan moddalardan esa o‘simliklar yana organik moddalarni sintezlaydi.
Bir yil davomida yerga tushadigan quyosh energiyasi 10,5x1020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Yerdan koinotga qaytariladi, 58 foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, uning 20 foizini Yer yuzidan qaytaradi.
Yerga yutilgan quyosh energiyasining 10 foizi suv va tup- roqd an suvni bug‘lantirish uchun sarflanadi. Har daqiqada 1 milliard tonnaga yaqin suv yer yuzasidan bug‘lanadi. Suvning havzalar va quruqlik o‘rtasida tinmasdan aylanib turishi Yerdagi hayotni hamda o‘simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat bilan munosabatini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining faqat 0,1—0,2 foizidan yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida foydalanadi.
Bu energiya suvni bug‘lantirish va Yer yuzasini isitishga sarf bo‘ladigan energiyaga nisbatan juda kam bo‘lsa ham kimyoviy elementlarning davriy aylanishini ta’minlashda juda katta rol o‘ynaydi.

Yüklə 30,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə