|
![](/i/favi32.png) Ismailova T. S., Haydarov BBoshqaruv qarorlari tasnifi
|
səhifə | 33/104 | tarix | 08.06.2023 | ölçüsü | 1,86 Mb. | | #116230 |
| Ismailova T. S., Haydarov B5.2. Boshqaruv qarorlari tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin.
6– jadval
Boshqaruv qarorlarning tasnifi
№
|
Guruhlash belgilari
|
Boshqaruv qarorlari turlari
|
1.
|
Amal qilish davriga ko’ra
| |
2.
|
Mazmuni va amal qilish xususiyatiga ko’ra
|
ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar
texnikaviy qarorlar
stereotip qarorlar
tashabbusli qarorlar
|
3.
|
Takrorlanish yoki yangilik darajasiga ko’ra
|
an’anaviy qarorlar
tavsiyali qarorlar
|
4.
|
Axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra
|
aniq qarorlar
noaniq qarorlar
|
5.
|
Amal qilish xususiyatiga ko’ra
| |
6.
|
Qarorni qabul qilish shakliga ko’ra
|
yakkaboshchilik prinsipi asosida qabul qilingan qarorlar
kollegiallik (ko’pchilik fikri) asosida qabul qilingan qarorlar
yakdillik prinsipi asosida qabul qilinadigan qarorlar
konsensus prinsipi asosida qabul qilingan qarorlar
“Ringi” usuli asosida qabul qilingan qarorlar
|
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
Raqobat muhitini shakllantirish.
Chuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish.
Kichik biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Masalan:
Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish.
Kadrlar masalasini hal qilish va h...k.
Mazkur qarorlar yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari tomonidan uzog’i bilan ikki yilgacha bo’lgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo’lib, barcha bo’g’inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar, odatda, qat’iy yo’riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan masalalar bo’yicha qabul qilinadi, lekin o’zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo’ladi.
Rahbar stereotip qarorlarni, odatda, ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|