Issiqlik almashinuvining rekuperativli usuli Reja


Issiqlik almashinuv sirtiga qarab



Yüklə 149,5 Kb.
səhifə3/5
tarix14.06.2023
ölçüsü149,5 Kb.
#117148
1   2   3   4   5
rekuperativli usul

Issiqlik almashinuv sirtiga qarab:
Silliq (tekis) quvurli, bunday IAA lari eng kо‘p tarqalgan. О‘z navbatida tekis quvurlar tо‘g‘ri (2-rasm), U-simon, spiralsimon, buramasimon (4-rasm) va boshqa shakllarda bо‘lishi mumkin.
Qovurg‘ali IAAlari, plastinkasimon IAA lari – bular isitish yuzasining ikkala tomonida issiqlik berish koeffitsiyenti bir xil bо‘lganda qо‘llaniladi.
Issiqlik tashuvchilarning yurish soniga qarab:
bir yо‘lli va kо‘p yо‘lli IAA lari.
Isitish sirtlarini joylashishiga qarab:
Quvur ichida quvur (2-rasm), g‘ilof quvurli.
Ishlash davriyligiga qarab:
Muntazam ishlaydigan va vaqti-vaqti bilan ishlaydigan IAA lari. Asosiy texnologik jarayonlarni amalga oshirish qо‘layligi tufayli muntazam ishlaydigan IAA lari keng qо‘llaniladi.
Issiqlik almashinuv apparatlarini xisoblash.
IAA larini xisoblashdan asosiy maqsad issiqlik almashinuv yuzasini, issiqlik tashuvchilarning parametrlarini, issiqlik tashuvchilarning eng muvofiq sarfini va ularning tezligini, xamda apparatning eng muvofiq о‘lchamlarini aniqlashdan iboratdir. IAA larini xisoblashda issiqlik balansi tenglamasi va issiqlik uzatish tenglamasi asosiy xisoblanadi.
Issiqlik uzatish tenglamasi:
(1)
Bunda Q- issiqlik oqimi, Vt; k- issiqlik uzatish koeffitsiyenti, Vt/(m2. K); F- issiqlik almashinuv yuzasi m2; t1 va t2 – mos ravishda issiq va sovuq issiqlik tashuvchilar temperaturasi
Issiqlik balansi tenglamasi:

yoki

bu yerda va - issiqlik tashuvchilarning massaviy sarfi kg/s; va va – suyuqlikning dan gacha temperatura oralig‘idagi о‘rtacha issiqlik sig‘imi; va suyuqlikning apparatga kirishdagi temperaturasi: va suyuqlikning apparatdan chiqishdagi temperaturasi.
kattalikni suv ekvivalentni deb aytiladi.
Oxirgi tenglamani e’tiborga olib (2) tenglamani quyidagicha yozish mumkin.

bunda issiq va sovuq suyuqliklarning suv ekvivalentlari.
Demak, IAA da issiq va sovuq issiqlik tashuvchilar temperaturalarining о‘zgarishi suv ekvivalentlariga teskari proporsional bо‘lar ekan.

Issiqlik uzatish tenglamasini (1) keltirib chiqarishda issiqlik tashuvchilarning temperaturasi apparatda о‘zgarmaydi deb xisoblangan.
Xaqiqatda esa issiqlik tashuvchilarning tempearturasi apparatda о‘zgarmaydi debhisoblangan.
Haqiqatda esa issiqlik tashuvchilarning apparatdan о‘tish vaqtida temperaturalari о‘zgaradi, bundan tashqari temperatura о‘zgarishiga suyuqlikning harakatlanish sxemasi va suv ekvivelantlari katta ta’sir qiladi.


Yüklə 149,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə