Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblari


- rasm. Oxor eritmasi sath balandligini elektrod datchiklar bilan kontrollash



Yüklə 42,28 Kb.
səhifə10/15
tarix05.10.2023
ölçüsü42,28 Kb.
#125729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblar-fayllar.org

10- rasm.

Oxor eritmasi sath balandligini elektrod datchiklar bilan kontrollash

( rostlash ) sxemasi.
Shunday bo’lgandagina oxorlash vannasidan ma’lum tezlikda tinimsiz o’tib turadigan tanda (o’rish) ipi sifatli oxorlanadi.
Oxorlash jarayonida oxor eritmasi tanda (o’rish) ipi tomonidan shimilishi sababli eritmaning sath balandligi o’zgaradi, shuning uchun uni rostlab turish kerak. Bu funksiyani elektrodlardan olingan signallar asosida ishlaydigan ikki pozisiyali rostlash sistemasi (10-rasm) bajaradi. Oxor eritmasining balandligi elektrod 2 dan pasayganda, ya’ni 1 va 2 elektrodlar orasidagi eritma orqali bo’ladigan kontakt uzilganda, transformator II cho’lg’amiga ulangan rezistor R zanjiridan tok o’tmaydi, L1 lampa to’ridagi manfiy potensial nolga teng bo’ladi, lampa ochilib, uning anod zanjiridagi transformator III cho’lg’amidagi kuchlanishga mos tok o’tadi.Bu tok elektromagnit rele R ni ishga tushiradi. Shunda uning R1 kontaktlari ulanadi va R2 hamda R3 uziladi.R1 kontakt ulanishi bilan asinxron motor M elektr tarmog’iga ulanadi. Motor aylanib romtlovchi organ RO jo’mragini ob’ektga oxor eritmasi tushadigan tomonga aylantiradi.Ob’ektga oxor eritmasi tusha boshlaydi. Jo’mrak oxirigacha buralib to’la ochilganda undagi cheklovchi yo’l uzgichining kontakti uzilib (sxemada ko’rsatilmagan), motor zanjirini ham uzib qo’yadi. Shunda motor aylanishidan to’xtaydi, lekin jo’mrak ochilganicha qoladi, vannaga oxor eritmasining kelishi davom etaveradi. Eritma balandligi elektord 1 ga etganda, elektrodlar 1 hamda 2 eritma orqali ulanadi. Transformatorning II cho’lg’amidagi kuchlanishga muvofiq R rezistordan tok o’tadi.Bu L1 lampa to’rida manfiy potensial hosil qiladi.Lampa yopiladi, undan tok o’tmaydi, R rele cho’lg’ami toksizlanadi, uning R1 kontaktlari uziladi va R2 hamda R3 ulanadi. Shunda motor teskari tomonga aylanib, jo’mrakni berkita boshlaydi. Jo’mrak yopilganda ikkinchi cheklovchi yo’l uzgichining kontakti motor zanjirini uzib qo’yadi. Motor aylanishdan to’xtaydi. Endi eritmani tanda ipiga shimilib chiqib ketishi sababli oxor eritmasining sathi balandligi kamaya boo’laydi.Eritma balandligi elektrod 1 dan pasayishi bilan 1 , 2 elektrodlar orasidagi eritma orqali bo’ladigan kontakt uziladi. Rezistor R dan tok o’tmaydi, to’rdagi manfiy potensial yo’qolib, L1 lampadan tok o’ta boshlaydi. R rele ishga tushib R1 kontaktni yana ulaydi. Shunda motor ishga tushib, jo’mrakni ochish tomonga yana aylantira boshlaydi. Shunday qilib, vannadagi eritma sathi balandlini ikki holat oraqig’ida kuzatib, rostlab turish odam ishtirokisiz davom etib turaveradi.

Yüklə 42,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə