Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblari



Yüklə 42,28 Kb.
səhifə7/15
tarix05.10.2023
ölçüsü42,28 Kb.
#125729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblar-fayllar.org

VI. Schyotchiklar. Vaqt oralig’i t 1– t 2 dagi oqim, massa yoki energiya yig’indisini ko’rsatuvchi o’lchov asbobi schyotchik deb ataladi. Schyotchiklar o’z funksiyasini quyidagi formulaga muvofiq bajaradi :

(14)
Bu erda


Q – vaqt oralig’ida sarflanadigan modda miqdori Q – vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi .
Ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan hamma schyotchiklar uch turga bo’linadi :
1)tezlik schyotchiklari
2) hajm schyotchiklari
3) vazn schyotchiklari
Tezlik schyotchiklari yordamida trubadan o’tayotgan suyuqlik yoki gaz miqdori uning oqimida o’rnatilgan parrak (turbina)ning aylanish tezligi sarflanayotgan modda oqimining tezligiga mutanosib ekanligidan foydalaniladi.
Tezlik schyotchiklari ikki turli bo’ladi : - parrakli va turbinali.
Parrakli tezlik schyotchiklari sarfi 10 m3/ soat gacha bo’lgan modda oqimi miqdorini hisoblaydi.Bu schyotchiklarda parrak oqimidagi tangensial bosim kuchi ta’sirida aylanadi.
Turbinali tezlik schyotchiklarida turbina o’qi tezligi o’lchanadigan suyuqlik oqimining yo’nalishiga parallel bo’ladi. Bu schyotchiklar q = 10 m3/ soat dan yuqori bo’lgan oqimdagi sarf miqdorini o’lchash uchun qo’llaniladi.
Suyuqlik sath balandligini o’lchash va o’lchov asboblari
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish masalasini hal qilish ko’pincha rezervuarlardagi suyuqlik, bunkerlardagi to’kilib sochiladigan , qattiq bo’lakchalardan iborat moddalarning sath balandligini o’lchash, kontrol qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Sath o’lchov asboblari juda ko’p turli bo’lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, p’ezometrik, mexanik, elektrik, radiaktiv va boshqa sath o’lchagichlarni ko’rsatish mumkin.
1. Qalqovichli sath o’lchagichlar rezervuarlardagi suyuqliklar sathini o’lchaydi va eng ko’p qo’llaniladigan avtomatika elementi hisoblanadi.U suyuqlik sirtida koptoksimon qalqib turadi(6-rasm,a ) va suyuqlik sathi balandligidagi o’rni, unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanati bilan aniqlanadi.Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich vazni uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik vazniga teng bo’ladi.Undan tashqari, qalqovichni o’rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo’lmay, zichligi ρ0 ga teng bo’lgan modda bo’lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og’irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo’nalgan qaqovichni yuqoriga ko’taradigan kuch G’ quyidagicha hisoblanadi :

(15)
bunda

V – qalqovichning hajmi,
ρ0 - suyuqlik ustidagi muhit(suyuqlik zichligi),
g - og’irlik kuchi tezlanishi,
ρ - qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi,
x - qalqovich botgan qismining balandligi,
Sx - qalqovichning ko’ndalang kesim yuzi.



Yüklə 42,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə