Issiqxonalarda pomidorni zararkunandalardan ximoya qilishning ilmiy-asoslangan usul va vositalar majmualarini takomillashtirish



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü27,51 Kb.
#154774
  1   2
Taqriz (2)


Mamatov Kamol Shavqiеvichning “Issiqxonalarda pomidorni zararkunandalardan ximoya qilishning ilmiy-asoslangan usul va vositalar majmualarini takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.09-O'simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo'yicha qishloq xo'jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissеrtasiyaga ekspеrt
X U L O S A S I

1.Tanlangan dissеrtasiya mavzusi va ma'lumotlarining tеgishli ixtisoslik va pasportiga muvofiqligi.
Tanlangan dissеrtasiya mavzusi va ma'lumotlari 06.01.09-O'simliklarni himoya qilish ixtisoslik pasportiga muvofiq;
2. Dissеrtasiya va dissеrtasiya avtorеfеratining OAK nizomi talablariga muvofiqligi tadqiqotlarning uslubiy jixatdan to'g'ri bajarilganligi, ilmiy ishlarning tugallanganligi, olingan ma'lumotlarning ilmiy daraja olish uchun yеtarliligini asoslovchi xulosa.
Dissеrtasiya va dissеrtasiya avtorеfеratining OAK nizomi talablariga muvofiq bo'lib 6 ta bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissеrtasiya xajmi 197 bеtni tashkil etadi. Tadqiqot tajribalarining asosiy maqsadi Issiqxonalarda pomidor zararkunandalarining tur tarkibi, asosiy zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlari, tarqalishini xaritaga tushirish hamda chetdan kirib kelgan yangi pomidor va kartoshka kuyalari, issiqxona tripsi kabi zararkunandalarning tarqalishi ularga qarshi biologik hamda kimyoviy kurash usul va vositalarini yaratishdan iborat.
Issiqxonada ekiladigan pomidor ekinida zararkunandalarning tur tarkibi va tarqalishi aniqlangan. Aniqlangan zararkunandaning iqtisodiy zarar beradigan miqdor mezoni aniqlangan. Pomidor kuyasi (Tuta absoluta Meyr.) ning rivojlanish xususiyatlari, tarqalishi va zararlilik darajasi aniqlangan. Issiqxonalarda o‘suvchi pomidor o‘simligi zararkunandalarining tabiiy kushandalari va ularning ahamiyatiga baho berilgan. Pomidor zararkunandalari tarqalishining oldini olish, nokimyoviy, resurs tejamkor hamda kam zaharli usul va vositalar majmui ishlab chiqilgan. tangaqanotlilar (Lepidoptera) turkumiga kiruvchi zararkunanda hasharotlarga qarshi feromonitoring usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.Zararkunandalar majmuiga qarshi sinalgan zamonaviy va samarali pestitsidlarning samaradorligi aniqlangan va amaliyotga joriy etilgan barcha ijobiy natija ko‘rsatgan himoya tadbirlarining xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi baholangan.
Issiqxonalarda pomidor va boshqa sabzavot ekinlariga zarar keltiradigan zararkunandalarning 9 ta turkumga mansub 33 turi qayd etilib, ulardan 10 dan ortiq turi pomidor ekini uchun xavfli zararkunanda ekanligi hamda xorijiy mamlakatlardan kirib kelgan pomidor kuyasi va issiqxonada so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarning bioekologik rivojlanish xususiyatlari o‘rganilib, ularning tarqalish sabablari isbotlab berilgan;
Issiqxonada yetishtiriladigan pomidor o‘simligida oqqanotga qarshi Ampligo (0,6–0,8 l/ga), issiqxona tripsiga qarshi Polo (0,1 l/ga), Kapito (0,25 l/ga), Kreyser (2,0 l/ga), zang kanaga qarshi Effektum–Duo (0,15 l/ga), Rimon Fast (0,3–0,5 l/ga), Vertimek (0,2 l/ga) kuzgi tunlamga qarshi Deltatsis (0,5 l/ga), Torpedo jet (0,3 l/ga), g‘o‘za tunlamiga qarshi Emaben (0,35 kg/ga), Indeks (0,4 l/ga), Yunona (0,35 l/ga), gamma tunlamiga qarshi: Nokaut (0,4 l/ga), Jayam (0,8 l/ga), g‘ovak hosil qiluvchi pashshaga qarshi: A.3.3 (0,15 l/ga), Agroplan Neo (0,4 l/ga), Kapito (0,25 l/ga), pomidor kuyasiga qarshi: Mekar (0,1–0,2 l/ga), Abamek (0,3 l/ga), Altakor (0,1–0,12 l/ga), Benzoat supers (0,15–0,25 l/ga), nematodalarga qarshi Nematozin (5 ml/1 m2 ), Makop (30,0 kg/ga) preparatlari qo‘llanilganda yuqori biologik samara qayd etilishi va gektaridan 150–190 so‘m hosil saqlab qolinishi hamda himoya uchun sarflangan mablag‘ 4,8-5,1 martagacha qoplanilishi buyicha ma'lumotlar olingan.
Issiqxonalarda pomidorda oqqanotga qarshi 7 ta, zang kanaga qarshi 9 ta, kemiruvchi zararkunandalardan kuzgi tunlamga qarshi 5 ta, g‘o‘za tunlami qurtlariga qarshi 3 ta, gamma tunlamiga qarshi 5 ta, g‘ovak hosil qiluvchi pashshaga qarshi 6 ta, nematodlarga qarshi 4 ta, pomidor kuyasiga qarshi 11 ta, jami 50 ta turli guruhga mansub kimyoviy preparatlar pomidor zararkunandalariga qarshi qo‘llash uchun “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari Ro‘yxati” ga kiritilgan. Natijada ushbu ro‘yxatga kiritilgan vositalardan issiqxonalarda pomidor zararkunandalariga qarshi kurashda keng foydalanilgan;
2016-2020-yillarda 5 gektar maydonga joriy etilib, yuqori biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 8-maydagi 02/025–1333 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 173-190 sentnergacha pomidor hosili saqlab qolingan.
Dissеrtasiyaning tajribalari uslubiy jixatdan to'g'ri bajarilganligi tufayli kеltirilgan ma'lumotlar ishonchli xisoblanib, ilmiy daraja olish uchun еtarliyligini isbotlaydi. Ammo Dissеrtasiya va dissеrtasiya avtorеfеratining kuydagi kamchiliklarga yo'l qo'yilgan.

Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə