Qator oraliqqa ishlov berish mashinalari va qurollari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/5
tarix31.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114464
  1   2   3   4   5
Qator oraliqqa ishlov berish mashinalari va qurollari

Qator oraliqqa ishlov berish mashinalari va qurollari

Reja:

  • Reja:
  •  1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar
  • 2. G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi
  • 3. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda, g‘o‘za bargini sun’iy ravishda to‘kishda ishlatiladigan changlatgich-purkagichlar

1. QATOR ORALIQQA ISHLOV BERUVCHI KULTIVATOR-OZIQLANTIRGICHLAR

  • 1. QATOR ORALIQQA ISHLOV BERUVCHI KULTIVATOR-OZIQLANTIRGICHLAR
  • Chizel-kultivatorlar mexanik tarkibi jihatidan og‘ir tuproqli yerlarni 10 sm dan chuqur ishlash uchun foydalaniladi. Chizelkultivatorlar bilan tuproq 10—15 sm, ayrim hollarda 25 sm chuqurlikda yumshatiladi. Sho‘ri yuvilgan va egatlar ochib qo‘shimcha sug‘orilgan yerlarni yumshatish hamda mayda do‘ngliklarni tekislash uchun chizel-kultivatorlar ishlatiladi; tuproqni qo‘shimcha yumshatish zarur bo‘lganda chizel-kultivatorlarga tishli boronalar ulanadi.
  • Ko‘klamda haydalgan yerlarni ishlashda ba’zan chizelkultivatorlardan foydalaniladi. Natijada chizelning panjalari katta-katta kesaklarni yuqoriga olib chiqadi, mola esa bu kesaklarni ezib, maydalab ketadi. Chizel-kultivatorlarning ish organlari ag‘darma yumshatgichlardan va o‘q-yoysimon universal panjalardan iborat.

O‘rnatma ×KÓ-3,0 chizel-kultivatorida ish organlari uch qator joylashgan bo‘lib, qatordagi panjalar orasi 400 mm, panjalar izlarining orasi 133 mm.

  • O‘rnatma ×KÓ-3,0 chizel-kultivatorida ish organlari uch qator joylashgan bo‘lib, qatordagi panjalar orasi 400 mm, panjalar izlarining orasi 133 mm.
  • Ikkinchi qatordagi panjalar birinchi qatordagilarga qaraganda pastroq, uchinchi qator panjalari esa ikkinchisiga nisbatan yana past, ya’ni pog‘onasimon o‘rnatiladi.
  • Yerni qatlam-qatlam qilib ishlashda boshqa chizellar ikki marta yurishida bajargan ishni, pog‘onasimon chizel bir marta yurishda bajaradi.
  • ×K-3,0 ning ishlash chuqurligi tayanch g‘ildiraklarning balandligini o‘zgartirib, ×KÓ-4 kultivatorini esa gidrotsilindrning tortuvchi gaykalarini aylantirib rostlanadi. Yurish chuqurligi ketingi qatordagi panjalar orqasida yumshatilgan qatlamning qalinligini chizg‘ich bilan o‘lchab, nazorat qilinadi. Yumshatilgan yer qatlami shishib qolganligi uchun o‘lchangan qatlam qalinligini 3—5 sm ga kamaytirish kerak.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə