Qator oraliqqa ishlov berish mashinalari va qurollari


G‘O‘ZANI CHEKANKA QILISH MOSLAMASI



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə4/5
tarix31.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114464
1   2   3   4   5
Qator oraliqqa ishlov berish mashinalari va qurollari

2. G‘O‘ZANI CHEKANKA QILISH MOSLAMASI

  • 2. G‘O‘ZANI CHEKANKA QILISH MOSLAMASI
  • G‘o‘zani chekanka qilish hosildorlikni oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Chekanka apparati g‘o‘zaning bosh poyasi va shoxlarning o‘sish nuqtalarini chilpib tashlaydi.Chilpilgan g‘o‘za tanasida oziq moddalarining yo‘nalishi o‘zgaradi, shonalagan shoxlar ko‘proq oziq oladi, shonalar kam to‘kiladi, ko‘saklar yiriklashadi va barvaqt yetiladi. Yuqoriga qarab o‘sgan shoxlarni chilpiydigan apparat g‘o‘za tuplarining ustida vertikal o‘qda aylanuvchi ikki pichoqli diskdan, yon shoxlarni qirqib, g‘o‘za tuplarini shakllantiradigan moslama esa gorizontal o‘qda aylanuvchi to‘rtta pichoqli diskdan iborat. ×ÂX-4 va ×XÓ-4 mashinalarida to‘rtta apparat qatorlar ustida, sakkizta apparat esa g‘o‘za qator oralarida joylashadi. Har qator orasida ikkita to‘rt pichoqli disklar ustmaust o‘rnatiladi.

3. QISHLOQ XO‘JALIGI ZARARKUNANDALARI VA

  • 3. QISHLOQ XO‘JALIGI ZARARKUNANDALARI VA
  • KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHDA, G‘O‘ZA BARGINI
  • SUN’IY RAVISHDA TO‘KISHDA ISHLATILADIGAN
  • CHANGLATGICH-PURKAGICHLAR
  • Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuksaltirish ekinlarni himoya qilish vositalari va tadbirlarini rivojlantirishga ancha bog‘liq. Kimyoviy usullar qo‘llanilganda uning salbiy ta’sirini esda tutish kerak. Zaharli dorilardan noto‘g‘ri foydalanganda yer, o‘rmon, havo, o‘simlik va hayvonlarga katta zarar yetishi mumkin. Shuning uchun barcha mavjud usullarni qo‘llab, atrof-muhitni musaffo saqlagan holda o‘simliklarni turli kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan himoya qilish kerak.

Tashkiliy-xo‘jalik usullari: o‘simlikka karantin belgilash, ekinlarni rayonlashtirish, melioratsiya va irrigatsiya.

  • Tashkiliy-xo‘jalik usullari: o‘simlikka karantin belgilash, ekinlarni rayonlashtirish, melioratsiya va irrigatsiya.
  • Agrotexnik usullar: chopiq qilinadigan ekinlarni, beda va oziq o‘simliklarni almashlab ekish, yerni kuzda o‘g‘itlab haydash, yaxob berish, sho‘r yuvish, urug‘lik materiallarni ekishga tayyorlash, kasallik va zararkunandalarga chidamli o‘simlik navlarini tanlash, ekinlarni optimal muddatlarda ekish.
  • Biologik usullar: o‘simliklarning zararkunandalariga qarshi kurashda ularni kasallantiradigan mikrob va bakteriyalardan, ya’ni zararkunandalarning tabiiy kushandalaridan foydalanish, shuningdek turli zamburug‘ va bakteriyalardan olinadigan moddalar (antibiotiklar)ni ishlatish.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə