Issiqxonlar va ularning ahamiyati


Chet mamlakatlarning firma va kompaniyalari tomonidan



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/2
tarix03.02.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#100122
1   2
4 ma\'ruza

2.3. Chet mamlakatlarning firma va kompaniyalari tomonidan
issiqxonalarni qurish va qayta ta’mirlash
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan so’ng zamonaviy himo-yalangan er sabzavotchiligini rivojlantirish maqsadida ilg’or issiqxona texno-logiyalari hamda chet el investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yara-tildi. Issiqxona texnologiyalariga ega bo’lgan chet el firma va kompaniyalari ishtirokida eski issiqxonalarni qayta ta’mirlash va mikroiqlim sharoitlarini (sug’orish va oziqlantirish) zamonaviy boshqariladigan yangi issiqxonalarni qu-rish amalga oshirilmoqda.
Xitoyning «Urumgi Chutian Agriculture science» qurilish tashkiloti so’nggi yillarda isitilmaydigan xitoy issiqxonalarini qurmoqda. Bu istilmaydigan bir nishabli issiqxonalar oktyabr oyining boshlaridan foydalaniladi. Plyonka-lar sentyabrni oxirgi besh kunligida yopilib, may boshlarida yig’ishtiriladi. Is-ilmaydigan ushbu issiqxonada issiqsevar sabzavot ekinlari etishtiriladi.
Bunday issiqxonaning nishabi janub tomonga qaratilgan. Shimoliy tomoni balandligi 5 m va eni 4 m bo’lgan (tuproq solish bilan birga) paxsali devorga o’r-na-tiladi. Issiqxonani eni 10 m, uzunligi ixtiyorcha – 100 m gacha bo’lishi mum-kin. Issiqxonani ustini qoplashda xitoyda ishlab chiqarilgan qalinligi 0,08-0,10 mm li stabillashgan plyonkadan foydalaniladi. U ikki mavsumgacha ishlatish mumkin.
Issiqxonani qurishda 0,5 m chuqurlikda o’ra qaziladi, sinchlari 56-58 mm diametrdagi metall quvurdan iborat bo’lib, bir qatorga uchta o’rnatiladi. Qator-lar har 3 m da joylashtrilgan. Ustunlarni balandligi 2, 3 va 4 m. Yon devorlarga metall shvellerli starpilalar payvandlanagan.
Uzunasiga joylashtirilgan qatorlardagi metall trubali ustunlarni yuqori qismi bir-biriga payvandlanib mahkamlangan. Ustunlarning qator oralari is-siqxonaning shimoliy devoridan to janubiy devor chetigacha har 0,5 m ma-sofada butun yoki bir-biriga ulangan, diametri 3-4 sm va uzunligi 11,4 m bo’lgan bambuk bag’azlari joylashtir-iladi. Bu bambuk bag’azlar issiqxona bo’ylab har 25-30 sm masofada tor-tilgan ingichka simga bog’lab mahkamla-nadi (8-rasm).

Issiqxonani uzunligi bo’yicha shimoliy devorga parallel qilib devordan 1,2-1,5 m masofada yo’g’on sim tortiladi. Unga eni 1,1 m li ensiz chodir plyonka mahkamlanadi. Plyonkali chodirni qarama-qarshi tomoni, issiqxonaning janubiy tomoniga taxlanadi va tuproq bilan bostiriladi. Plyonkani shamoldan yiritilib ketmasligi uchun uni ustidan har 3-4 m masofada ingichka arqon tortib qo’yiladi.
Issiqxonaning shimoliy devori butun uzunligi bo’yicha eni 1,5-2 m bo’lgan plyonkaga o’ralgan bobina (g’altak) o’rnatiladi. Bu plyonka darcha hisoblanadi. G’al-tak bilan devor o’rtasidagi oraliq plyonka bilan yopiladi. G’altakga plyonka o’ral-ganda issiqxonaning yuqori qismi ochiladi va u shamollantiladi.
Sovuq kunlarda kechasi, bulutli ob-havoda kunduz kunlari ham plyonka ustiga sholi poyasidan tayyorlangan bordon yopib qo’yiladi. Bordon janubiy pastki qismi ustiga o’rnatilgan g’altakga o’ralib shimoliy devor ustiga yig’ib qo’yiladi. G’al-takni aylantirib, bordon yuqoridan pastga tushiriladi va issiqxona qoplamasi butun eni bo’yicha to’liq yopiladi. Qor yoki yomg’ir yog’ganida hamda sovuq kunlarda sholi bordoni ustidan ikkinchi qavat plyonka qo’lda yopiladi. Shunday yopilgan is-siqxonada bizning sharoitda qish faslida harorati Q10°S dan pasaymagan.
O’simliklar bunday issiqxonalarda chirindi bilan boyitilgan tuproq ara-lashmasida etishtiriladi. O’simliklar tomchilatib sug’orilgan vaqtda kontsentra-tsiyasi 0,17-0,20% li eritma ham beriladi. Issiqxonada hajmi 9 m3 bo’lgan xovuz yasaladi. Bu hajmdagi xovuzda tayyorlangan eritma 0,1 ga maydondagi o’simliklarni bir marta sug’orishga etadi. Issiqxonada o’simliklar qatori ko’ndalangiga joylashtiriladi. Ular qo’shqatorli lentasimon usulda ekiladi. Lentadagi egatlar orasidagi masofa 50-60 sm, lentalar oralig’i esa 70-80 sm, qatorchalar ustiga plyonka yopilib – mulchalanadi. O’simlik tik bag’azlarda o’stiriladi. O’simlik bog’lanadigan kanopni yuqori tomoni har qatorlar ustidan tortilgan sim bag’azga bog’lanadi.
O’zbekistonda issiqxonalar qurishda Janubiy Koreyaning kompaniya va fir-malari ham katta ishlarni amalga oshirmoqdalar. Janubiy Koreyaning «Bookyng Qreenhouses LTD» firmasi MChJ «Navoiy IES»ning yordamchi xo’jaligida 2 ta maydoni 7 gektar bo’lgan issiqxona qurgan. Janubiy Koreyaning halqaro hamkor-lik tashkiloti (KOICA) va «Erae CS Limited» kompaniyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yordamchi xo’jaligida maydoni 0,15 ga bo’lgan va 60 t sig’imli tomchilab sug’oriladigan zamonaviy plyonkali ko’chat-sabzavot etishtirish-ga mo’ljalangan issiqxona qurilishini amalga oshirgan. Issiqxona 50×30 m o’l-chamda bo’lib, tarnovgacha bo’lgan baladligi 4 m, eng yuqori nuqtasigacha esa – 5,3 m (9-rasm).

Respublikada Janubiy Koreya qishloq xo’jaligi adminstratsiyasining bog’-dorchilik va o’tsimon o’simliklar milliy instituti tomonidan ikki, uch qavat qo-planadigan kallorifer yordamida isitiladigan plyonkali issiqxona qurilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash maqsadida 2011 yil 23 avgustda O’zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o’rtasida qishloq xo’jalikdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun kelishuv imzolanib, ushbu kelishuvga muvofiq Koreya hukumati 2011-2013 yillar mobaynida O’zbekistonda “Pilot turkumidagi issiqxonalar qurish” uchun 4,0 mln. AQSh dollarlik loyihani ajratdi. Bunda:
umumiy maydoni 11500 m2 bo’lgan uchta “pilot turkimidagi” issiqxonalarni, O’zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot insti-tutida – 1500 m2, ikkita ekin o’stiriladigan maydoni – 5000 m2 bo’lgan is-siqxonalari Toshkent davlat agrar universitetida va Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida foydalanishga topshirish, maxsus moslama, materi-allar va transport vositalarini etkazib berish;
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ilg’or tajri-balarini o’zbek mutaxasislari bilan almashish nazarda tutilgan;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 noyabrdagi № PP-1647 sonli Koreya Respublikasi loyihasi asosida «O’zbekistonda pilot issiq-xonalarni yaratish loyihasini amalga oshirish bo’yicha choralar» qarorida «O’zbe-kistonda pilot issiqxonalarni yaratish» loyihasini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi bajaruvchi tashkilot vazifasi yuklatilgan.
O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi bilan birgalikda Koreya tomoni bilan kelishilgan Koreya Respublikasi xukumatini loyihasini olish bo’yicha belgilangan tadbir-larni o’z muddatida bajarish, loyiha mablag’larini samarali va maqsadli yo’nal-tirish bo’yicha doimiy nazoratni amalga oshirish, shuningdek loyiha bo’yicha etka-zilayotgan qurilma va materiallarni saqlanishini ta’minlash yuklatiladi.
O’zbekistonda issiqxonalarni qurish bilan Evropa va Isroilning bir necha kompaniya va firmalari shug’ullanmoqdalar. Turkiyaning halqaro hamkorlik va rivojlanish (TUKA) agentligi 2007 yilda maydoni 0,5 ga bo’lgan avtomatlashti-rilgan, kompyuter bilan boshqariladigan issiqxonani Mexanizatsiya va elektr-lashtirish ilmiy-tadqiqot institutida ishga tushirgan. Issiqxona Turkiyaning «Teksan» va Isroilning «Kolgon» firmalarining qurilmalari bilan jihozlan-gan. Blokli plyonkali issiqxonani tarnovigacha bo’lgan balandligi – 4 m bo’lib, eng baland nuqtasigacha esa – 6,8 m va bir sektsiyasining eni – 9,8 m ni tashkil eta-di.
Gollandiyaning “KGP Greenhouse” kompaniyasi tomchilatib sug’orishni, bo’l-ingan konturli isitishni (tomi, yon devorlari), mineral paxtalarda etishtirish-ni, siljitiladigan va siljitilmaydigan ekrandan foydalanishni, qishgi davr-larda issiq suv yig’adigan bufer sig’imlar, haroratni bir me’yorda ushlashda foy-dalaniladigan shamollatish paraklarini o’z ichiga oladigan energiyani iqtisod qiluvchi baland oynavand issiqxonalarni qurmoqda.
AIK Ltd halqaro kompaniyasining Ukraina bo’limi tomnidan Toshkent viloya-ti O’rta Chirchiq tumanidagi (Toshkent DAU ning oldingi S.Kirov nomli o’quv-tajriba xo’jaligi) gul etishtirishga mo’ljallangan 2 gektarli oynavand issiq-xonani 90-yillarda qayta ta’mirlagan.
Isroilning issiqxonalar qurish bilan shug’ullanadigan «Shiryonit Hosem technologies» kompaniyasi dala havoli va shahsiy tomorqa xo’jaliklarida ko’chat, sabzavot va ko’katlarni etishtirishga mo’ljallangan yangi tizimdagi kichik hajmli modul issiqxonalarni taqdim etmoqda. Isroilning «Agrotal» kompaniyasi O’zbe-kistonda 1000 gektarni o’zlashtirishga qaratilgan yirik loyihasini amalga oshi-rishga kirishmoqda. Bunda suv va o’g’itni tejash maqsadida tomchilatib sug’or-ish hamda zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan issiqxonalarni qurish ko’zda tuti-ladi.
O’zbekistondagi issiqxonalarni qurish va qayta ta’mirlashda, himoyalangan erlarda sabzavotlarni etishtirishni zamonaviy texnologiyalarini joriy etishda, tomchilatib sug’orish bo’yicha dunyoni etakchi va qoldirg’ochi bo’lgan Isroilning «Netafim» firmasi alohida o’rin egallaydi. Halqaro kontsern sifatida kompa-niyani 7 ta mamlakatda 11 zavodi va 30 kichik korxonasi bo’lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari bilan ish olib boradi.
Ochiq maydonlarda tomchilatib va yomg’irlatib sug’orishni, sabzavot saqlay-digan omborlarda va qo’ziqorinzorlarda mikroiqlim sharoitlarini boshqarishni, suv resurslarini xarajatini nazorat qilish, o’simliklarni kuzatish tizimi joriy etish bo’yicha loyihalarni amalga oshirayotgan «Netafim» kompaniyasi iqlim tizimini nazorati va mikroiqlim boshqarishni avtomatlashtirish, plyonka-li va oynavand issiqxonalar uchun metal konstruktsiyalar; qozonxonalar va isi-tish tizimi, tuproqli va kichik hajmli turli substratlarda etishtirish texnolo-giyasi ega issiqxonalar uchun tomchilatib sug’orish qurilmalari, SO2 bilan o’sim-liklarni oziqlantirish tizmi; yomg’irlatib sug’orish tizimi; tuman shakllantir-gichlar, haroratni himoyalovchi ekranlar, shamollatish tizimi, ko’p yo’nalishda foydalaniladigan ko’chatchilik komplekslarini qurishni o’z ichiga olgan issiq-xonalar qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha yirik va kichik loyihalarni amalga oshirmoqda.
O’zbekiston o’rmon xo’jaligi ilmiy-tadqiqot institutida «Netafim» kompa-niyasi «Mashav» fondi loyihasi bo’yicha 2001 yilda 0,05 ga maydonli ko’chat etishtiriladigan, stekloplast qoplamali, ko’k qalamcha uchun tuman shakllantir-gich moslamali issiqxonani qurib, ishga tushirgan. Kompaniya 2000-2001 yilarda «Sindarobod» issiqxona xo’jaligini 8 gektarini qayta ta’mirlab, bosh va ishchi oziqali eritma tayyorlaydigan bo’limdan beriladigan eritmani tomchilatib va yomg’irlatib sug’orish tizimini, mikroiqlimni avtomatlashgan holda boshqaradi-gan tizimni, pomidorni changlatish uchun shmel uyalarini va qurilmalarni o’rnat-gan.
Bulardan tashqari so’nggi yillarda «Netafim» kompaniyasi Navoiy shahri-dagi – 4 ga, Nukusdagi – 4 ga, Qo’ng’irotdagi – 2 ga, Toshkent shahridagi – 0,5 ga maydondagi issiqxonalarga tomchilatib sug’orish qurilmalarini o’rnatgan.
Issiqxonalarni qurish va qayta ta’mirlash, qurilma va plyonkalarni etkazib berish bilan boshqa chet el firmalari ham shug’ullanmoqdalar. Qurilma va plyonka-larni Isroilning «Namdim», «Priva», Gollandiyaning «Lastro» hamda Turkiya, Xitoy, Rossiyaning boshqa firmalari etkazib bermoqdalar.
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə