Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 701 davlat budjetining daromadlari shakllanishida resurs soliqlarining



Yüklə 53,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü53,39 Kb.
#145746
növüИсследование
1   2   3   4
Bauyetdinov M.J

 
 
33
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Mamlakatimizni 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi 
“Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi 
kerak” mavzusidagi ma’ruzasi. Toshkent, O’zbekiston 2017-yil. 


Международный
научный
журнал

9
(100), 
часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апрель
, 2023 
г 
702 
TAHLİL VA NATİJALAR
Tabiiy resurslar kishilik jamiyati taraqqiyotining har bir davrida hayot boyligining 
moddiy asosi sifatida muhim o’rin egallab kelgan. Tabiiy resurslarning cheklanganligi ularni 
takror ishlab chiqarish va sifat holatini yaxshilash uchun tabiiy resurslardan samarali va 
oqilona foydalanishni rag’batlantirish va tartibga solish zaruratini namoyon etadi. 
Bugungi kunda respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish 
mexanizmi ishlab chiqilgan. Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi bir 
qator qonunlarda, jumladan, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabo’l 
qilingan “Tabiatni muhoaza qilish to’g’risida” gi qonunida34, tabiiy resurslardan 
foydalanish bilan bog’liq qonun hujjatlarida, O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksida, 
tabiiy resurslardan foydalanishga doir hukumat qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa 
me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Iqtisodiyotga tabiiy resurslardan foydalanganlik 
uchun soliqlar va boshqa iqtisodiy vositalarni (to’lovlar, litsenziyalash) joriy qilish xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko’rsatishi, tabiiy 
resurslarga doir jamiyat manfaatlarini himoya qilishi, tabiiy resurslardan samarali va 
oqilona 
foydalanishni 
ta’minlashga 
qaratilgan 
texnologiyalarga 
investitsiyalarni 
rag’batlantirishdagi to’g’ri ekologik muvozanatni ta’minlashi lozim. 
Tabiiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm 
elementlarining eng muhimi - bu albatta soliqqa tortishdir. Jahon amaliyotida tabiiy 
resurslardan foydalanganlik uchun va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan soliqlar 
tartibga soluvchi va moliyalashtiruvchi soliqlarga bo’linadi. 
Tartibga soluvchi soliqlar to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik yurituvchi su’b’ektlarning tabiiy 
resurslardan foydalanishini tartibga solish, soliq mikdori atrof-muhitga etkaziladigan zarar 
miqdoridan, texnik imkoniyatlardan va xo’jalik faoliyatining iqtisodiy rentabelligidan kelib 
chiqib belgilanadi. Moliyalashtiruvchi soliqlar esa tabiiy resurslarni muhofaza qilish va 
takror ishlab chiqarish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu 
turdagi soliqlarning xususiyatlari xo’jalik faoliyatining tabiiy resurslarga qat’iy salbiy ta’siri 
bilan bog’liq bo’lmay, soliq miqdori foydalilik darajasi (renta) va uzluksiz moliyaviy 
tushumlar mezoni asosida belgilanadi. 
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlarning joriy etilishi tabiatdan 
foydalanishni iqtisodiy tartibga solish, turli xil tabiiy resurslardan samarali va oqilona 
foydalanish, tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish va takror ishlab chiqarish uchun 
pul fondlarini shakllantirish kabi maqsadlarni ko’zlaydi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik 
uchun to’lovlarning muhim ko’rinishi, ulardan foydalanish bilan bog’liq maqsad uchun joriy 
etilgan soliqlardir. Ular yerdan, suv ob’ektlaridan, yer osti boyliklaridan foydalanish va 
ularni muhofaza qilish samarasini oshirishga, mineral-xom ashyo resurslarini qazib olish va 
ulardan oqilona foydalanishga ijobiy ta’sir etishga qaratiladi. 
34
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. –T.: 1993. №1 


Международный
научный
журнал

9
(100), 
Yüklə 53,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə