Международный
научный
журнал
№
6
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
826
OGAHIY—YETUK TARIXNAVIS
Gulhayo Abdullayeva
UrDU Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti yo‘nalishi, 212-guruh magistranti
XIX asr ilm-fan, san'at va adabiyotining o‘chog‘i bo'lgan Xorazmning ulug‘
shoir-u
allomalari haqida so‘z borganda, serqirra iste’dod egasi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li
Ogahiyning nomini tilga olish joiz. Shoir tarixga oid asarlar yozib, Munisning bu sohadagi
an’analarini yanada ham rivojlantirgan.Xiva xonligida yozilgan
tarixiy manbalardan eng
ahamiyatga molik asarlar Munis va Ogahiy qalamiga mansub hisoblanadi. V.V.Bartoldning
yozishicha: "Munis va Ogahiyning kitoblari adabiy va tarixiy asar sifatida kamchiliklarga
qaramay, bayon qilishning to'liqligi va daliliy ma'lumotlarning soni jihatidan bizgacha yetib
kelgan Buxoro va Qo'qon xonliklari tarixi bo'yicha bitilgan asarlarni orqada qoldiradi".
O‘zbek mumtoz adabiyotida
Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz
qoldirgan.Xorazm adabiy muhitida Abulg‘ozi
Bahodirxon, Munis, Ogahiy,Bayoniylar asos
solgan shajaraviy tarixnavislik bor. Shu shajaraning yirik bir qanoti bo‘lgan Ogahiy “Riyoz
ud-davla”,“Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul voqeoti Sultoniy”, “Gulshani davlat”, ”Shohidi
Iqbol” kabi beshta tarixiy asar yozdi. Bir qancha tarixiy asarlami tarjima qildi. Tarixiy asarlari
qomusiy ma’lumotlar beradi. Tirik, harakatdagi adabiy muhitni tasavvurimizda qayta
jonlantiradi. Tarixiy bilimlar samarasi o‘laroq, Ogahiy donishmand-maslahatchi bo‘lib
maydonga chiqadi. Tarix saboqlarini jamlab, olamshumul xulosalar chiqaradi. Kelajak avlod
ravnaqi, ona Vatan kamoli yo‘riqnomalarini yaratishga musharraf bo‘ladi.
Ogahiyning
tarixiy asarlariga V.Bartold, Yahyo G‘ulomovlar yuqori baho berishgan. Ogahiy tarixiy
asarlarida tarixchi, siyosatshunos, shoir, yozuvchi sifatidagi iqtidorini mukammal namoyon
eta olgan.
Ogahiy tarixnavislik faoliyatini Munis tomonidan yozila boshlangan “Firdavsul-iqbol”
asarining 1812-13-yillardan keyingi davrini yozish va to‘ldirish bilan boshlagan.
Shundan
keyin Ogahiy turli yillarni qamrovchi 5 mustaqil tarixiy asarni yaratgan: “Riyozud-davla”
(1844), “Zubdatut-tavorix” (1845-1846), “Jome’ul-voqeoti Sultoniy” (1856), “Gulshani
davlat” (1865), “Shohidi iqbol” (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari
Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855),
Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872)
davridagi
voqealar bayon qilingan. Ogahiy zabardast muarrix sifatida o`z salaflari Abulg`ozi
Bahodirxon, Shermuhammad Munis Xorazmiy kabi mutafakkirlar an`analarini davom
ettirdi. U ustozi Munis tugatishga ulgurmagan Muhammad
ibn Xovandshoh Mirxondning
“Ravzat us-safo” asarining birinchi jildi tarjimasini, “Firdavs ul-iqbol”
tarixiy asarini
Olloqulixon topshirig`iga binoan oxiriga yetkazdi. Tarixiy asarlarda Ogahiy tasvirlayotgan
ko`p voqealarning shohidi bo`lganligi yoxud ishonchli manbalarga asoslanganligi ko`zga
yaqqol tashlanadi. Muarrix asarlarida badiiy ijodning ko`plab ajoyib namunalari (o`xshatish,