Issn: 181-2489 volume ǀ issue 6


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 19,72 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü19,72 Kb.
#136404
1   2   3   4   5
ta-limda-zamonaviy-texnologiyalaridan-foydalanish-usullari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi.
Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir.
Bugungi kunda taʼlim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy taʼlim berishga intilishi lozim.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi dastlab:
-darsning maqsadi;

  • maqsadga erishish yo‘llari;

  • o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;

  • o‘qitish metodlari;

  • o‘quv topshiriqlarining turlari;

  • muhokamalar uchun savollar;

  • munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;

  • o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab olishi lozim bo‘ladi.

Yüklə 19,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə