Innovatsion texnologiyalar asosida matematika



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#125538
  1   2   3
G‘oyibova Maqsadoy Baxtiyor qizi



SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
114 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MATEMATIKA, 
INFORMATIKA FANLARNI O’QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI 
 
Murotova Shahnoza Amondulloyevna 
G‘oyibova Maqsadoy Baxtiyor qizi 
Pedagogik (innovatsion) texnologiyalar, axborat texnologiyalari, interfaol usullar 
umuman darslarni noananaviy tarzda olib borish bularning barchasi darsda o’quvchilarni 
qiziqtirish, faol qatnashish, mulohaza qilishga, o’z fikrlari ayta olishga o’rgatadi. Shu 
o’rinda men interfaol dars o’tish usuliga to’xtalib o’tmoqchiman. 
«Interfaol metodlar - o'zaro fikr almashishga, o'zaro fikrlarni to'ldirishga, goh 
noverbal, goho verbal ta’sir o'tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol 
metodlarni qo'llashda o'zaro ta’sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir 
yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik sub’ektlarini ijodiy 
izlanishga yo'naltirish, noma’lum holatni ochishga(kashf etishga) ko'mak beruvchi nazariy-
aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin. 
Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o’quvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, 
ta’lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol 
metodlar qo'llaniladi: 
- o'qitishning ko'rgazmali metodi; 
- mustaqil ishlar metodi; 
- muammoli-evristik modellashtirish metodi; 
- ilmiy tadqiqot metodlari; 
- o'qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlari; 
- o'qitishning induktiv va deduktiv metodlari; 
- o'qitishning nazorat va o'zini o'zi nazorat qilish metodlarbA 
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. 
Bunda o’quvchilarga yashirincha usullardan (kitob, konspektlar va h.k.) foydalanish 
taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo'llash rag'batlantiriladi. 
O’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tayyor 
standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga undash, o’quvchilar ichki 
hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, 
xususiy analitik fikr yuritishga o'rgatish, ularning intellektual, zukkolik hislatlarini 
shakllantirish va ma’lum yo'nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida 
muammoli uslubdan foydalaniladi. 
Muammoli vaziyat qanday hosil qilinadi? Buning uchun bajarilishi lozim bo'lgan 
topshiriq e’lon qilinadi. Endi shu vazifani bajarish uchun o’quvchi bor bilim va 
ko'nikmalarini eslaydi, topshiriqni bajarishda shu paytgacha egallagan bilimlarining 
yetishmasligini sezish bilan birga o’quvchi shaxsida ma’lum psixologik qarama-qarshilik 
shaklidagi holat yuz beradi. Galdagi muammo topshiriqni bajarish va shu topshiriqni 
bajarish uchun yangi bilim, iqtidor va ko'nikmalarni izlash muammosi paydo bo'ladi. Ana 
shu vaziyat esa muammoli tahsilning boshlanish jarayoni hisoblanadi. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
115 
Pedagog o’quvchilarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik bilan 
boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo'lganda jonli muloqotga chorlaydi. O’quvchilar 
mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tomonidan 
izchillik bilan hisobga olinadi va tahsil oxirida faol o’quvchilarga qo'yilgan ballar yoki 
baholarni e’lon qiladi. 
O’quvchilarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va ko'nikmalarni 
shakllantirish, o'z tajribalarini tanqidiy nuqtai nazardan yanada mustahkamlash, real haqiqiy 
amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy ko'nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish 
maqsadida shu uslubdan foydalaniladi. 
Ma’lumki, har qanday fan o'qitilishi uchun belgilangan maqsadga ko'ra, uning 
mazmuni tanlanadi. Uni o'zlashtirish uchun unga mos metodlar tanlanadi. So'ngra o'quv 
vositalari va nihoyat, bularga mos ravishda o'qitish shakli tanlanadi. 
O’quvchilarning psixologik tayyorgarliklari va fikrlash yoki olingan bilimlarni 
o'zlashtirish darajalariga qarab har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va metodlar 
tanlanadi. Har bir bosqichning o'ziga xos mazmunini bayon qilish mantiqi va metodlari bor. 
Ta’limda har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan 
uzviy bog'langan. Ta’lim metodlaridagi muammolar «Kimni qanday o'qitamiz?» degan 
savol bilan bog'liq bo'lib, bundan ta’lim metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog'liq 
ekanligi kelib chiqadi. Bu ikki muammo o'zaro qarama-qarshilikda bo'lib, bir-birini to'ldirib 
boradi. 
O’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv 
predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o’qitishning texnik vositalarini, eng 
asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta 
olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. 
Qisqa qilib aytganda, o’quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak. 
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish 
uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan 
bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Chunki darsning 
texnologik xaritasi har bir mavzu, har-bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning 
xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. 
Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi 
pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan 
xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsning 
rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan 
texnologik xaritasiga bog’liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda 
tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xarita 
qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq 
belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning 
texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bulishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi 
o’qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday 
xaritada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
116 
Quyida biz «Pedagogika» fanidan «Ta’lim metodlari» mavzusi bo’yicha 
o’tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini sizga havola 
qilamiz. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə