|
![](/i/favi32.png) Issn 81-0591 2 9 1 issn 2181-0591 SUV VA YER 2022 6 soniBo’shatish rejimi -
suvni tekis harakatiga hisoblangan kanal tagi va qiyaliklarini yuvilishi
odatdagi ekspluatatsiya sharoitlariga nisbatan ancha xavfsiz. Ammo kanalda suv sathi birdan tushganda
yer osti suvlaridan kelayotgan filtratsion oqim qiyalik tomon yo’naladi, bu gruntga qo’shimcha
gidrodinamik bosim hosil qiladi. Bu holatda qiyalikning turg‘unligi buzuladi va u o’pirilib tus’hadi [2].
Kanalda suv sathini maksimal tushish tezligi har doim muayyan sharoitdan kelib chiqib kanal o’tgan
geologik tuzilma va kanal qoplama-sining konstruksiyasiga bog‘liq. Bunday tezliklarni taxminan 1.1 -
jadval bo’yicha aniqlash mumkin.
Har xil bo’shatish qatlamlari uchun suv sathini tushishining maksimal tezliklari (m³/soat)
Suv berish grafigini bajarish maqsadida, ba’zan qisqa vaqt ichida (1…2 sut) sarfni 50…60 %
tushirishga, undan keyin yesa ya’ni oshirishga to’g‘ri keladi. Bu holatda to’ldirish yoki bo’shatish rejimi
ma’lum bir miqdorda bosh regulyatordagi zatvorlarni manyovrlashga ham bog‘liq bo’ladi. Bunda har xil
rejimlar kuzatilishi mumkin, ular orasidan asosiysini ajratib olish mumkin.
1-Jadval
Bo`shatish rejimi klassifikatsiyasi.
To’g‘on, damba va kanallar grunt
suvlari qiyaliklari
Bo’shatish qatlami
0…1
1…2
2 dan ko’p
Тосh yoki beton plitalar bilan
mustahkamlangan
0,6…0,4
0,3…0,25
0,2…0,15
mustahkamlanmagan
0,4…0,25
0,25…0,2
0,15…0,1
Kuzatuvlar jaroyonida shohrud kanalining PK74+00 da kanalning o’ng qirg‘og‘ida yorilishlar
aniqlandi. (1-rasm).
Bu yerda: Shohrud kanalining PK74+00 dagi o’ng qirg‘og‘ida yorilish holatlarini aniqladik
kanalning yorilishiga asosiy sabab kanalning suv olish manbayi Quyumozor nasos stansiyasi orqali suv
oladi nasos agregatlari o’chib qolishini hisobiga kanaldagi suv sathi qisqa vaqt ichida keskin tushub
ketgan.
|
|
|