Istanbul fojiasi



Yüklə 356,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü356,26 Kb.
#134063
1   2
Imomaliyeva G 120-122

NATIJALAR VA MUHOKAMA 
O’zbek adabiyotida “Istanbul foijasi” dramatik asariga hamohang ravishda 
yozilgan asarlarga ham ko’zimiz tushadi: Asqad Muxtorning “Chinor”, Said 
Ahmadning “Ufq” romanlarining ayrim qahramonlari taqdiri bir-biriga o’xshash. 
Iskandarning vatangado, tirik o’likka aylanishi va arab qiyofasida Vataniga borganida 
o’zining haykaliga ko’zi tushishi, shundan keyin karaxt ahvolga tushishi, o’z 
qishlog’ining nomi ismiga monand Iskandarobod deb nomlanishi va “Chinor” 
romanidagi Akbarali G’oziyevning ham qismati Iskandarning taqdiriga o’xshash holda 
tasvirlangan. U ham vatangado, o’z qishlog’ida qahramon sifatida ko’tarilgan, 
qishlog’iga qaytgach, o’z haykaliga ko’zi tushganidan so’ng haqiqiy tirik murda 
ekanligiga ishonch hosil qiladi, Akbaralining ham o’z qishlog’i uning sharafiga 
Akbarobod deb nomlanishi bu ikki asarning bir-biriga o’xshash tomonlari hisoblanadi 


 
122 
Yana bir o’zbek adabiyotining qalami o’tkir yozuvchisi sanaladigan Said 
Ahmadning “Ufq” romanidagi qahramonlar: aka-uka A’zamjon va Nizomjon hamda 
ularning o’rtasidagi ayol – Dildorlar taqdiri “Istanbul fojiasi” dostonidagi Jalol
Iskandar va Saodatlar taqdiri bir-biriga hamohang tarzda tasvirlanadi. Nizomjon va 
Dildor sinfdosh bo’lgan va bir-birini yoqtirishgan, Nizomjonning akasi A’zamjon esa 
Dildorga uylanib oladi, aynan shu holat “Istanbul fojiasi” da ham keltiriladi, ya’ni 
Iskandar va Saodat sinfdosh bo’ladi va bir-biriga yaxshi munosabatda bo’ladi, Iskandar 
bu munosabatni sevgi deb o’ylaydi, Saodat esa Iskandarni do’st deb qabul qilgan
Jalolni esa rostan ham sevgan bo’ladi. Iskandar esa bu voqeda Jalolni ayblaydi, ya’ni 
Saodatni aldab uylanib oldi deb akasiga bir umr gina saqlaydi. 
XULOSA
Xulosa sifatida shuni keltirish lozimki, dramaturg qalamga olgan muhim jihatlar 
va ziddiyatlar ichida qolgan, adashib qolgan kishilar foydasi, murakkab taqdiri, 
muammolar bilan chambarchas bo’lgan kimsalar o’tmishini asar davomida birin-ketin 
uzluksiz kuzatamiz. Bu kabi chigal muammolar bugungi kunda ham yo’q emas. Mavzu 
yillar o’tsa ham o’z yukini, mag’zini, insonlar o’rtasidagi, ayniqsa jigarlar oqibatini 
yo’qotmaslikka, kengroq fikr yuritishga undaydi. Erkin Vohidov qalamgan olgan ushbu 
muammoli vaziyatda Iskandarga nisbatan nohaqlik qilingan deb o’ylayman, axir uning 
ham o’z vatanidan uzoqda bo’lsa-da, baxtli bo’lishga haqqi bor edi-ku… 
REFERENCE
1.
Erkin Vohidov, Saylanma. “Istanbul fojiasi”, – Toshkent: “Sharq”, 2001 
2.
Asqad Muxtor, “Chinor”, – Toshkent: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018 
3.
Said Ahmad, “Ufq”, – Toshkent: “O’qituvchi”, 2015

Yüklə 356,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə