Iste`molchi hatti-harakati nazariyasi



Yüklə 104,19 Kb.
səhifə3/6
tarix19.05.2023
ölçüsü104,19 Kb.
#111562
1   2   3   4   5   6
Iste`molchi hatti-harakati nazariyasi

Befarqlik egri chizig`i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta`minlovchi iste`mol twplamlari yig`indisini namoyon etadi. Ya`ni, iste`molchi uchun befarqlik egri chizig`ida joylashgan tovarlar twplamini tanlashda farq mavjud bwlmaydi. 

Befarqlik egri chizig`i pasayib boruvchi kwrinishda bwladi. Befarqlik egri chizig`ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bwlgan har ikkala tovar ham iste`molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga kwra, bir tovarlar twplami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar twplami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste`molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bwlgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik kwp bwlsa, A tovar shunchalik oz bwladi, chunki A va V tovarlar wrtasida teskari aloqa mavjud. Wzgaruvchilari wrtasida teskari aloqa mavjud bwlgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi kwrinishda bwladi.

Agar iste`molchining A va V tovarlarning barcha twplamlari bwyicha afzal kwrishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bwladi. Har bir befarqlik egri chizig`i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar twplamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig`i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig`i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.



V






S


V 

 A I3

I2 

I1

0 A 



12-chizma. Befarqlik kartasi.

Ehtiyojlarning har bir darajasiga kwra cheksiz befarqlik egri chizig`i mavjud bwlishi mumkin. Biz sodda kwrinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar twplamining ranjirovkasi (tartibini) ta`minlaydi. Ranjirlash twplamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga ywnaltirilgan tartibda qwyib chiqadi. Biroq, bu tartib bir twplamning boshqa biridan nechog`liq afzalligini kwrsatib bera olmaydi. 

Iste`molchi hatti-harakatini tushunishda iste`molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste`molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma`lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste`molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini kwrsatuvchi byudjet chizig`i shaklida ham aks ettirish mumkin.

Iste`molchi byudjeti chizig`ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining wzgarishi ta`sir kwrsatishi mumkin. 

Misol uchun, iste`molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bwlsin (13-chizma). Birdaniga sotib olinishi mumkin bwlgan har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G byudjet chizig`ida joylashadi. Agar iste`molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig`i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig`ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi. 



A tovar

4 0


2 0 

G 1


1 0 G

G2




0 5 10 20 V tovar





Yüklə 104,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə