Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə63/76
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137289
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
62. Quduqlarni ko‘rikdan o‘tkazish va ulardagi ishlar kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Bunda
qopqog‘i ochiq turgan quduqqa tushilganda, quduq oldiga ogohlantiruvchi belgi yoki to‘siq o‘rnatilishi lozim.
Quduq ichida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs ishlashi mumkin. Bu holda
quduq yonida ikkinchi shaxs navbatchi bo‘lib turishi kerak.
Quduqqa ehtiyot (monter) kamarisiz va bir uchi quduqdan tashqariga chiqarib qo‘yilgan arqonsiz tushish
va unda ishlash taqiqlanadi. Tunnellarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs
ko‘rikdan o‘tkazishiga ruxsat etiladi.
63. So‘rib oluvchi ventilatsiya bilan jihozlanmagan tunnel, kollektor va quduqlarda ish boshlashdan yoki
ularni ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin, yonuvchan va odam uchun xavfli gaz yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak.
Tekshiruvni asboblardan foydalanishga o‘qitilgan shaxslar bajarishlari lozim. Bunday shaxslarning ro‘yxati
korxona bo‘yicha ko‘rsatma bilan tasdiqlanadi. Gaz yo‘qligini tekshirish zarur bo‘lgan quduqlar va tunnellarning
ro‘yxati korxonada tuziladi.
Quduqlarni ochishda (ikkinchi qopqoqlarini) uchqun chiqmaydigan asboblardan foydalanish hamda
qopqoqning quduqqa tushadigan joydagi temirga urilib ketishidan saqlash shart.
64. Xavfli gazning bor-yo‘qligini ochiq olov yordamida tekshirish man etiladi.
Quduq, kollektor va tunnellarda gaz paydo bo‘lib qolsa, ish darhol to‘xtatilishi va gaz chiqayotgan manbani
topib, u bartaraf etilguncha ishchilar xavfli joydan chiqarilishi shart.
Ish joyida yig‘ilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun tashqaridan ventilyator yoki quduq tubiga 0,25
metr yetkazmasdan kompressor qurilmasiga ulangan uzun yeng yordamida havo berilishi zarur. Ventilatsiya
uchun ballonlardagi siqilgan gazni ishlatish taqiqlanadi.
65. So‘rib oluvchi ventilatsiya bilan jihozlangan kollektor va tunellarda ish boshlashdan oldin ular mahalliy
sharoitga qarab, ma’lum muddatga ishga tushirilishi kerak. Bunda gaz bor-yo‘qligini tekshirmasa ham bo‘ladi.
66. Kollektor va tunnellar ichida ishlayotgan paytda ularda ikki tomondan eshik ochiq turishi, ishlayotganlar
esa ularning o‘rtasida bo‘lishi kerak.
67. Quduqlar ichida ishlagan paytda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini o‘rnatish,
mufta ichiga quyilishi kerak bo‘lgan qotishma va mastikalarni eritish faqat quduqdan tashqarida bajarilishi
mumkin. Eritilgan qotishma va qizdirilgan mastikani quduqqa yopiq idishda va maxsus cho‘michda metall
trosga karabin bilan mahkamlab, ilgak yordamida sekin-asta tushirish lozim.
Kabellar o‘tkazilgan kollektor, tunnel, kabel yarim qavatlar va boshqa xonalarda propan-butandan
foydalaniladigan ishlarni bajarishda, xonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy hajmi 5 litrdan oshmasligi
kerak.
Ishlash paytida alanga tarqalishini chegaralovchi olovbardosh materiallardan yasalgan shchitchalardan
foydalanish va yong‘inni o‘chirish uchun asbestdan yasalgan mato tayyorlab qo‘yish zarur.
Ish tamom bo‘lgandan so‘ng gazli ballonlar olib chiqilishi va xonalar shamollatilishi lozim.
68. Kabellarning shikastlangan joylarini kuydirish vaqtida ishchilarni quduqlarda turishi taqiqlanadi.
Kollektor va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq turgan chiqish eshiklari orasida turishga ruxsat beriladi. Kabellarni
kuydirish vaqtida ularda ishlash mumkin emas. Kabelning shikastlangan joyini kuydirib bo‘lgandan so‘ng yong‘in
chiqishini oldini olish maqsadida kabellarni, albatta, ko‘rikdan o‘tkazish zarur.
69. Kollektor, tunnel va quduqlarda uzoq muddatli ishlar bajarilganda, odamlarning ular ichida bo‘lish
vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab, javobgar rahbar yoki naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
70. Ishga ijozat berishdan va tunnellarni ko‘rikdan o‘tkazishdan avval ulardagi yong‘inga qarshi himoya
qurilmalari avtomatik ishlash tartibidan masofadan boshqariladigan tartibga o‘tkazilishi va boshqaruv kalitiga
“ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakati osib qo‘yilishi zarur.
71. Quduq, kollektor va tunnellarda hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi.
72. Quduqlar va tunnellardagi ish joyini yoritish uchun 12 V kuchlanishli yoritkichlar yoki portlashdan
himoyalangan akkumulyator fonarlaridan foydalanish lozim.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə