Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə62/76
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137289
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
49. Muftaga quyiladigan kabel massasi metalldan yasalgan qopqoqli va jo‘mrakli maxsus idishda qizdiriladi.
Ochilmagan bankalardagi kabel massasini qizdirish qat’iyan man qilinadi.
50. Kabel massasini quyishda brezent qo‘lqop kiyib, himoya ko‘zoynagini taqib ishlash lozim.
51. Qaynoq kavsharlash qotishmali qozonchani, shuningdek, qaynoq kabel massasi solingan idishlarni
joydan-joyga ko‘chirish va ularni qizdirishda brezent qo‘lqopdan va himoya ko‘zoynagidan foydalanish zarur.
Kiyim yenglarining qo‘lqop ustiga chiqarib boylash yoki tirsakkacha yetadigan qo‘lqoplardan foydalanish lozim.
Qaynoq birikma va erigan qotishmali idishlarni qo‘ldan-qo‘lga uzatish man qilinadi. Ularni bir-biriga berish
uchun yerga yoki mustahkam taglikka qo‘yish zarur.
52. Quyish uchun eritilgan birikma va qotishmani metall tayoqcha yordamida aralashtirish, qizigan
qotishma ustidagi qorakuyani esa metall qoshiq yordamida olib tashlash lozim. Metall tayoqcha va metall qoshiq
foydalanishdan oldin isitiladi.
Qizigan birikma va qotishma ichiga suv tomishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
53. Yilning sovuq fasllarida qizitilgan birikmani ulovchi va oxirgi muftaga quyishdan oldin muftalar isitilishi
zarur.
5-§. Kabellarni o‘tkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga ko‘chirish
54. Kabelli baraban g‘ildiratilganda, ishchilarning kiyimlarining baraban qismlariga ilashib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi zarur. Barabanlarni g‘ildiratishdan oldin barabandan turtib chiqib turgan mixlar olib
tashlanishi va kabel uchlari mahkamlanishi kerak. Kabelli barabanni faqat gorizontal tekislik bo‘yicha qattiq
yerda yoki mustahkam to‘shama ustida g‘ildiratishga ruxsat etiladi.
55. Kabel, bo‘sh baraban, mexanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarni bevosita handaq chetiga
joylashtirish taqiqlanadi.
56. Barabanlardagi kabelni faqat tormoz moslamasi bo‘lgan taqdirdagina tortib bo‘shatishga ruxsat etiladi.
57. Kabel o‘tkazish qo‘lda bajarilganda, ishchilarning umumiy soni har bir erkak uchun kabel bo‘lagining
og‘irligi 35 kg, ayol uchun 15 kg hisobidan belgilanishi kerak. Ish brezent qo‘lqopda bajarilishi zarur.
58. Kabelni o‘tkazish jarayonida ishchilarga qayrilish burchagi ichida turish va trassaning burilish joylarida
kabelni qo‘lda ushlab turib uzatish man etiladi. Bunday maqsadlar uchun burchak roliklari o‘rnatiladi.
59. Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.
60. Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan so‘nggina boshqa joyga ko‘chirish mumkin.



61. Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qo‘chirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruxsat


etiladi:
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabelning harorati 5°S dan kam bo‘lmasligi;
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabel bo‘lagidagi mufta yog‘och taxtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq
mahkamlangan bo‘lishi;
ish mobaynida dielektrik qo‘lqop kiyib, ustidan mexanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent
qo‘lqop kiyib ishlanishi;
ishlar kabel o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar tomonidan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V
guruhga ega bo‘lgan, kuchlanishi 1000 V dan kam bo‘lgan kabellarda esa kamida IV guruhga ega shaxs
rahbarligi ostida bajarilishi zarur.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə