Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar


-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot



Yüklə 27,98 Kb.
səhifə6/7
tarix26.06.2022
ölçüsü27,98 Kb.
#90105
1   2   3   4   5   6   7
kurs

5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot
Ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchilarga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko‘rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko‘chma do‘konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko‘rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risidagi ma’lumot
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;
Oldingi tahrirga qarang.
narxi (tarifi) va sotib olish shartlari;
(6-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan eri (yuridik manzili);
(6-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
teatr-konsert tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanish to‘g‘risidagi axborot.
(6-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solinishi majburiy bo‘lgan tovar bo‘yicha iste’molchiga uning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 27,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə