|
![](/i/favi32.png) Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйичаiqtisodni davlat tomonidan tartibga solishTashqi nodavlat qarzlar
–
mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar
va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy
mablag`larining jami hajmi.
Tashqi savdo
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati
– bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi
(eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish
ko`zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi.
Turmush darajasi
– aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda xizmatlar
bilan ta`minlanganlik hamda ularni iste`mol qilish darajasi.
Xalqaro valyuta jamg`armasi
– xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan.
Xalqaro tashkilotlar
–
ularning har biri xalqaro siyosatda o`zlarining faoliyat maqsadlari
yo`nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro
siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar
tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.
Xalqaro tranzit
-
xorijiy yuklarni jo`natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat
hududidan tashqarida bo`lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga
joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita
xalqaro tranzit hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|