Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


O`zbekistondagi ma`muriy islohotlarning asosiy yo`nalishlari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
3.4.O`zbekistondagi ma`muriy islohotlarning asosiy yo`nalishlari 
O`zbekistondagi ma`muriy islohotlarning asosiy yo`nalishlari quyidagilarda o`z ifodasini 
topadi: 
Birinchidan, 
iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini keskin cheklash, davlatning 
boshqaruv tuzilmalari va ularning vazifalarini qisqartirish, davlat boshqaruv organlarini saqlab 
turishga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish zarur. Davlat vazifalari va vakolatlarini tobora 
ko`proq jamoat, nodavlat tashkilotlarga, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlariga 
o`tkazish kerak.
 
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 2007, 11-12-бетлар. 


Ikkinchidan
, boshqaruvni nomarkazlashtirish, ayrim vazifalarni esa hududiy boshqaruv 
bo``ginlariga keng ko`lamda topshirish, ortiqcha ma`muriy vertikal tuzilmalarni tugatish zarur. 
Barcha darajadagi hokimliklarning islohotlarni amalga oshirish, joylardagi ishlarning ahvoli
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, bandlik muammolarini yechish hamda aholi 
turmushini farovonlashtirish borasidagi mas`uliyatini kuchaytirish lozim. 
Uchinchidan
, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, ayrim tarmoq va hududiy 
boshqaruv tuzilmalarini qayta tuzish, birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodiyotni 
boshqarish tuzilmalarining samaradorligini ta`minlash. Bugungi kunda nafaqat ayrim bo``ginlarni, 
balki qilinayotgan sarf-xarajatlarni deyarli oqlamayotgan ayrim idoralarni ham saqlab qolish qay 
darajada maqsadga muvofiq, degan masalani qayta ko`rib chiqish payti keldi.
 
To`rtinchidan
, boshqaruv tizimining samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga 
ko`tarish. Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish sifatini sezilarli darajada oshirish, ularning ijrosi 
ustidan ta`sirchan nazorat mexanizmini joriy etish zarur. 
Vazirlik va xo`jalik birlashmalarining mavjud boshqaruv shakli, usul va metodlarini 
ma`muriy-buyruqbozlikdan xalos qilish, ularning korxonalar xo`jalik faoliyatiga aralashib, 
xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy mustaqilligini cheklashiga yo`l qo`ymaslik uchun 
tegishli chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim. 
Beshinchidan
, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, 
keraksiz hisobotlarni va qo`gozbozlikni qisqartirish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-
bosqich modernizatsiya qilish hisobidan uning samaradorligini oshirish. 
Ma`muriy islohotlarni amalga oshirishda oldimizga qo`yilayotgan eng asosiy vazifa
birinchidan, davlat, jamoat va xo`jalik sub`ektlarini boshqarishning butun tizimini 
demokratlashtirish va erkinlashtirishni ta`minlash, ikkinchidan esa, ularni mamlakatni isloh va 
modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichi talablariga mos holatga keltirishdan iborat. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə