Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Institutsional o`zgartirishlar natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvining



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
3.5.Institutsional o`zgartirishlar natijasida vujudga keltirilgan davlat boshqaruvining 
iqtisodiy strategiya va siyosati. 
O`zbekistonda institutsional o`zgartirishlarning amalga oshirilishi natijasida vujudga 
keltirilgan davlat boshqaruvi tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish bo`yicha iqtisodiy strategiya 
va siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. 
Davlatning iqtisodiy strategiyasi uning siyosiy strategiyasini amalga oshirish uchun 
iqtisodiyotga davlatning aralashuvi mexanizmlari va ustuvorliklarining transformatsiyalashuvini 
belgilab beradi. Iqtisodiy strategiya uzoq muddatli davr ichida davlat faoliyatining yo`nalishi va 
uning amalga oshirish printsiplarini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik 
vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne`matlarni taqsimlash 
jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo`llaniladigan chora-tadbirlar 
tizimini ifodalaydi. 
Davlatning iqtisodiy siyosati o`z ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-investitsiyaviy, 
institutsional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq-byudjet, pul-kredit, hududiy 
(mintaqaviy) siyosatlarni oladi (1-chizma). 


1-chizma 
Davlatning iqtisodiy siyosati 
Davlat siyosatining muvaffaqiyati jamiyat ehtiyojlari va ularni qondirish vositalarini 
aniqlash uchun real holatni aniq belgilash va iqtisodiy bilimlar darajasiga bo`gliqdir. 
Davlat iktisodiy siyosatining printsiplari quyidagilarda ifodalanadi:
Iqtisodiyotning samaradorlik printsipi
. Mavjud resurslar hisobiga ko`p miqdorda 
ne`matlar yoki kam sarf-xarajatlar evaziga ko`p miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarish. 
Ne`matlarning odilona taqsimlanishi printsipi
. Mamlakat fuqarolari daromadlaridagi 
tengsizlikni kamaytirish va iqtisodiyot samaradorligiga qo`shgan hissalariga muvofiq har bir 
fuqaro daromadlarining ko`payib borishini ta`minlash. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə