Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda monopolistik faoliyatni tartibga



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

6.3.O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda monopolistik faoliyatni tartibga 
solish maqsadlari va yo`nalishlari. 
O`zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish 
maqsadida 1992 yilning avgust oyida “Monopol faoliyatni cheklash to``grisida”gi Qonun kuchga 
kiritildi. Mazkur Qonun asosida iqtisodiyotda raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir 
qator normativ hujjatlar ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi. 
1996 yil 27 dekabrda O`zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi, 1996 yil 26 aprelda “Iste`molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to``grisida”gi qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonun me`yor va talablarini amalga 
oshirish, monopoliyalarga qarshi kurashish va ularning faoliyati ustidan nazorat qilishga 
yo`naltirilgan funktsional idora sifatida 1992 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish Bosh boshqarmasi tashkil etildi va u 1996 yil 15 mayda 
Moliya vizirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasiga 
aylantirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 avgustdagi 2676-sonli Farmoni hamda 
Vazirlar Mahkamasining 300-sonli Qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashkil etildi. 
Iqtisodiyotning xususiy sektorini jadal rivojlantirishni ra`gbatlantirish, monopoliya 
kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, bankrot va monipolist kompaniyalarni 
qayta tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi 3602-sonli Farmoni va 2005 yil 2 maydagi 66-sonli Qaroriga 
muvofiq mazkur qo`mita O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va 
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasiga aylantirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 fevraldagi “Monopoliyaga qarshi 
ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to``grisida”gi PF-4191-sonli Farmoni bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-
quvvatlash qo`mitaning asosiy vazifalari qatoridan chiqarildi. 
O`zbekiston Respublikasida antimonopol siyosatning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan 
iborat: 


- respublikada so`glom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va 
moliyaviy shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi 
markaz funktsiyalarini amalga oshirish; 
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi raqobat qonunlari, umumiy qabul qilingan 
normalar va qoidalarni samarali amalga oshirishni ta`minlovchi monopoliyaga qarshi tartibga 
solishning kuchli tizimini barpo etish; 
- raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor qayta o`zgartirishlari 
chuqurlashishiga ko`maklashish; 
- insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlari, birinchi navbatda, iste`mol 
tovarlari bozorini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni 
cheklash va ularga barham berish; 
- monopoliyaga qarshi davlat siyosati kontseptsiyasini amalga oshirish, monopoliyadan 
chiqarish bo`yicha respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga 
oshirilishini muvofiqlashtirish; 
- monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o`z vakolati 
doirasida tabiiy monopoliyalar sub`ektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish
- reklama va iste`molchilar huquqlarini muhofaza qilish to``grisidagi qonunchilik 
hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
- iste`mol tovarlari narxlari va xizmatlarga tariflar monitoringini o`tkazish, iste`molchilar 
huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o`sib ketishi, 
bozorda sifatsiz iste`mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko`rsatilishiga olib keluvchi insofsiz 
raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish; 
- monopol xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga 
solish va nazorat qilishga, raqobat muhitini rivojlantirish, iste`molchilar huquqlarini muhofaza 
qilish va reklama faoliyatiga yo`naltirilgan normativ-metodologik bazani takomillashtirish va h.k. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida tovarlar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va 
raqobat muhitini saqlash, rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Tovar 
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi Qonuni qabul qilingan. Bu 
Qonunga binoan monopolistik faoliyatga xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning raqobatga yo`l 
qo`ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi deb 
ta`rif beriladi
1
. 2012yilda O`zbekiston respubMonopoliyaga qarshi qonunchilikda monopolistik 
faoliyat uchun asos bo`ladigan “ustun mavqe o`rnini bosuvchisi bo`lmagan tovar bozorida yoki 
bir-birining o`rnini bosadigan tovarlar bozorida xo`jalik yurituvchi sub`ektning (bir guruh 
shaxlarning) o`ziga (o`zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatish, boshqa xo`jalik 
yurituvchi sub`ektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy 
erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe deb qaraladi. 
Bozordagi ulushi oltmish besh (65%) va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo`jalik yurituvchi 
sub`ektning (bir guruh shaxlarning) mavqei ustun mavqe deb e`tirof etiladi”
2
.
Shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektning bozordagi ulushi o`ttiz besh (35%)dan oltmish 
besh (65%)gacha bo`lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan quyidagi hollarga 
qarab, ya`ni: 
- xo`jalik yurituvchi sub`ektning bozordagi ulushi barqarorligiga; 
- bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga; 
- muayyan tovar bozorini tafsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo`lsa, uning 
bozordagi mavqei ustun mavqe deb hisoblanadi
1

Ustun mavqeni egallab turgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning raqobatni cheklaydigan va 
boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin 
1
Ўзбекистон Республикасининг “Товар бозорларида монополистик фаолиятни чеклаш ва рақобат 
тўғрисида”ги Қонуни. –Т.: 1996. 
2
Ўзбекистон Республикасининг “Товар бозорларида монополистик фаолиятни чеклаш ва рақобат 
тўғрисида”ги Қонуни.. –Т.: 1996. 
1
Ўша манба. 


bo`lgan harakatlari taqiqlanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektning o`z yuqori mavqeini suiiste`mol 
qiladigan xatti-harakatlariga quyidagilar kiradi: 
- bozorlarda taqchillikni keltirish yoki uni saqlash va narxlarni oshirish maqsadida tovarlarni 
muomaladan olib qo`yish; 
- monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash. Monopol qimmat narx tovar 
bozorida ustun mavqega ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning ishlab chiqarish quvvatidan 
to`laligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini 
pasaytirish natijasida qo`shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narx hisoblanadi. 
Monopol arzon narx esa ushbu xo`jalik sub`ektining sotib olayotgan tovariga qo`shimcha 
foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan 
narxidir. Shuningdek, raqobatchini bozordan siqib chiqarish uchun monopolistik mavqedagi 
xo`jalik sub`ekti belgilagan zarar ko`radigan darajadagi narx hisoblanadi. Bunday narxlarning 
belgilanishi oqibatida raqobat cheklanadi.
Insofsiz raqobat, ya`ni xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni 
qo`lga kiritishga qaratilgan ular o`rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan, iste`molchilarni 
chal`gitish usullari qo`llanuvchi raqobatdir. 
O`zbekistonda monopoliyaga qarshi davlat organi monopolistik faoliyat va insofsiz 
raqobatni cheklash hamda to`xtatib qo`yish sohasida davlat siyosatini olib boradi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi xo`jalik sub`ektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, 
tugatish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Agar xo`jalik sub`ektlarining qo`shilishi, 
birlashtirilishi, xolding kompaniyalariga aylantirilishi oqibatida monopoliya vujudga keladigan 
bo`lsa, u holda ularning iltimosnomalari rad etiladi.
Ushbu organ aktsiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga 
qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. 
Zaruriy va mumkin bo`lgan hollarda monopolistik korxonalar majburiy tarzda bo`lib ham 
yuboriladi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganda ushbu organ uni buzgan xo`jalik 
sub`ektlariga qonunda belgilangan jarimalarni soladi yoki ularning ishini sudga oshiradi. 
O`zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to``grisida”gi Qonuniga (yangi tahriri) 
asosan tabiiy monopoliya sub`ektlari bilan iste`molchi va davlat manfaatlarining mutanosibligi 
ta`minlanadi. Ushbu qonunga ko`ra tabiiy monopoliya tovar bozorining texnologik xususiyatlari 
tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo`lgan talabni qondirishning raqobatli 
sharoitlarini yaratish mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan 
holati hisoblanadi
1

O`zbekistonda tabiiy monopoliya sub`ektlarining faoliyati quyidagi sohalarda davlat 
tomonidan tartibga solinadi: 
- neft , neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish; 
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish; 
- temir yo`llari infratuzilmasidan foydalanish; 
- umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari; 
- suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari; 
- aeronovigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmati; 
- transport terminallari xizmatlari. 
Qonunda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi va u vakolat bergan organ, ya`ni O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi va uning joylardagi organlari tabiiy 
monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga soladi. 
Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`ygan tabiiy monopoliya 
sub`ektlariga jarima soladi yoki qonun buzilishi holatlarini to`xtatish va bartaraf etish bo`yicha 
bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar yuboradi, shu bilan birga, sudga da`vo arizasi bilan 
murojaat etadi.
1
Ўзбекистон Республикаси қонунлари. Табиий монополиялар тўғрисида. –Т.: Адолат, 2000, 33-бет. 


Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bajarilishi majburiy bo`lgan, ular 
tomonidan ushbu qonunga zid tarzda qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish yoki o`zgartirish 
kiritish to``grisida ko`rsatmalar yuboradi. Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat muhitini 
yaratishdan ko`zlangan maqsadlaridan biri iste`molchilarning tanlash erkinligini ta`minlash va 
huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning 
huquqlarini himoya qilish to``grisida”gi Qonunga muvofiq iste`molchi foyda chiqarib olish bilan 
bo`gliq bo`lmagan hamda shaxsiy iste`mol yoki xususiy xo`jalikda foydalanish maqsadida tovar 
sotib oluvchi yoki ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo`lgan fuqaro (jismoniy 
shaxs) hisoblanadi. 
Davlat iste`molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish cho`gidagi 
huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishini kafolatlaydi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə