|
![](/i/favi32.png) Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйичаiqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
–
ob`ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va
me`yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko`rsatkichlariga moslashtirish.
Moliya tizimi
– moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy
muassasalar majmuasi.
Narx
– tovar qiymatining puldagi ifodasi.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari
–
davlatga qarashli bo`lmagan, ammo ma`lum qonunlar
yoki me`yoriy hujjatlarga bo`ysungan holda faoliyat ko`rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat
tashkilotlari hisoblanadi.
Parlament
– frantsuzcha «parle» gapirmoq so`zidan kelib chiqqan bo`lib, rasmiy so`zlashish
joyi ma`nosini anglatadi.
Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Pudrat
– shartnoma yoki xo`jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon
talabiga ko`ra belgilangan ishni bajarishi to`g`risidagi shartnoma.
Pul - kredit siyosati
– davlat tomonidan iqtisodiy o`sishni ta`minlash maqsadida pul
muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta`minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-
tadbirlar majmui.
Pul
– hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida
foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.
Sal do
-
muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati
(savdo balansi sal dosi), xorijiy to`lovlar va tushumlar (to`lov balansi sal dosi) o`rtasidagi farq.
Sektor
– institutsion birliklar yig`indisi bo`lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari
va funktsiyalari bir xil bo`ladi, natijada ularning iqtisodiy huquqi ham o`xshashib ketadi.
Servis
– jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat ko`rsatish;
ishlab chiqarish-texnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy-maishiy, xo`jalik va boshqa sanoat
mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog`liq bo`lgan xizmat ko`rsatish sohalari.
Dostları ilə paylaş: |
|
|