Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Tashqi nodavlat qarzlar
 – 
mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar 
va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy 
mablag`larining jami hajmi. 
Tashqi savdo
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi. 
Tashqi savdo siyosati
– bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi 
(eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish 
ko`zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi. 
Turmush darajasi
aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda xizmatlar 
bilan ta`minlanganlik hamda ularni iste`mol qilish darajasi. 
Xalqaro valyuta jamg`armasi
– xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir 
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta 
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va 
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el 
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun 
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan. 
Xalqaro tashkilotlar
– 
ularning har biri xalqaro siyosatda o`zlarining faoliyat maqsadlari 
yo`nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro 
siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar 
tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar. 
Xalqaro tranzit
 - 
xorijiy yuklarni jo`natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat 
hududidan tashqarida bo`lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga 
joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita 
xalqaro tranzit hisoblanadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə