“Иқтисодий ахборотларни бошқариш”



Yüklə 199,5 Kb.
səhifə10/13
tarix02.02.2023
ölçüsü199,5 Kb.
#100015
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2 курс Рақамли иқтисодиёт ишчи дастур

Baholash mezonlari
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishi quyidagi namunaviy mezonlar asosida baholanadi:
a) 91 – 100 foiz olish uchun talaba:

  • fanning barcha qismlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

  • ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

  • fanning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi;

  • nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi;

  • amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;

  • fan o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa mavzularda o‘rganilgan usullarni qo‘llay olishi;

  • amaliy mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

b) 71 – 90 foiz olish olish uchun talaba:

  • fanning barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

  • ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

  • o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;

  • fanning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;

  • standart vaziyatlarda muammolarni mavzu doirasida mustaqil hal qila olishi;

  • bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;

  • fan o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;

  • amaliy mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

c) 60 – 70 foiz olish olish uchun talaba:

  • davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;

  • ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;

  • javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, fan bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;

  • fanning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;

  • pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o’qilayotgan fan bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar moxiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;

  • amaliy mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

d) talabaning bilim darajasi 0 59 foizga baholanadi, agar:

  • davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;

  • ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa;

  • amaliy mashg‘ulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa;

  • amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.




Yüklə 199,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə