Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 240 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/129
tarix22.03.2024
ölçüsü240 Kb.
#182468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Ozbekiston tarixi 7 uzb 2022

KBK 63.3(5O‘)ya72
O‘ 17
Ismatova, N.
O‘zbekiston tarixi : 
umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik / 
A. Zamonov, N. Ismatova va boshqalar. — Birinchi nashr. — Toshkent: Respublika ta’lim
markazi, 2022. - 192 b.
ISBN 978-9943-8352-7-6 
UO‘K 94(575.1)(075.3)
KBK 63.3(5O‘)ya72


3
1 - m av z u :
AJDODLARIMIZNING MA’NAVIY 
QADRIYATLARI – JAHON 
SIVILIZATSIYASI ASOSLARIDAN BIRI
Tariximizni o‘rganar ekanmiz, qalbimizni faxr va iftixor tuyg‘usi chulg‘ab olaveradi. 
Ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz
balki dunyo olimlarining ham diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. 
Qadimgi Turon hududlarida azaldan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va turk
-
manlarning ajdodlari yashab kelishgan. Shu boisdan, o‘zbek xalqining o‘tmishi etnik ji
-
hatdan yaqin bo‘lgan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘lanib, uyg‘unla-
shib ketgan.
Siz ushbu darslikda IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo‘lgan Vatanimizning o‘rta asr
-
lar tarixi bilan tanishasiz. Bunda «o‘zbiy» va «o‘zbek» atamalari bilan ulug‘langan o‘zbek 
xalqi shakllanganligi haqidagi ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Darslikdan d unyo tamadduni
-
ga o‘zining benazir hissasini qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, vatanparvarlik namunasi bo‘l
-
gan bahodirlar jasoratlari bilan bir qatorda, xalqimizning boy madaniy merosi haqidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
«O‘rta asrlar» tushunchasi tarix faniga italyan tarixchilari tomonidan olib kirilgan. 
Bu tushuncha xususiy mulkchilik shakli o‘zgarishi davrlari bilan bevosita bog‘liq. Sharq 
mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlanib kelgan. 
Shu sababli «o‘rta asrlar» tushunchasi tariximizda shartli ravishda ishlatib kelinadi. 



Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə