Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
ozbek dialektologiyasi

O’qituvchining maqsadi:
O’zbek xalq shevalarini tasnif qilgan olimlarning asarlari
bilan talabalarni tanishtirish, tasnif asoslarini talabalar ongiga singdirish.
Identiv o’quv maqsadi
2.1.O’zbek xalq shevalarini tasnif qilgan olimlar va ularning asarlarini o’rganish.
2.2.Etno-lingvistik, tarixiy lingvistik va lingvo-territorial tasniflarni isbotlaydi.
2.3.Tasniflarning maqsadi, ularning mazmunan bir, shaklan turli tumanligi xususida
hukm chiqaradi.
Ma’lumki, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili hozirgi bosqichga qadar uzoq
tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Ular urug’-qabila, qabila-qabila bo’lib hayot
kechirganlaridan so’ng, asta-sekin elat, xalq bo’lib tashkil topdi. Shunga qarab
ularning tillari ham turli taraqqiyot yo’llarini boshdan kechirdi va o’zgarib,
mukammallashib, takomillashib, taraqqiy qilib keldi. Ana shu tilning taraqqiyoti,
ularning tarkibi va guruhlarga bo’linishi qadimgi davrlardanoq olimlar diqqat-
e’tiborida bo’lgan. Masalan, Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug’otit-turk» nomli
asarida keng hududda hayot kechirgan urug’-qabila va ular tillarining bir-biriga
bo’lgan munosabatini, ularning tillardagi yaqinlik va farqlarni differentsatsiya
(ajralish) va integratsiya (qo’shilish) kabi masalalarni aniqlagan. Ushbu asarda
yigirmaga yaqin turkiy tilning qiyosiy lug’atini beradi. Ularni fonetik, morfologik,
leksik tomondan tasnif qiladi. Keyinchalik A.Navoiy «Muhokamat-ul-lug’atayn»
asarida, Zahriddin Bobur «Boburnoma»sida, Mirza Maxtixon «Sanglox» asarida,
Abulg’ozi Bahodirxon «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlarida o’zbek tili
va dialektologiyasining tarixiga doir boy meros qoldirgan, lekin o’zbek xalq
shevalari, urug’-qabila tillarini maxsus tasnif qilmaganlar.
Mahmud Qoshg’ariydan keyin o’zbek xalq shevalarini o’rganishga qiziqish
masalalari X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo’la boshladi.


30
Akademik V.V.Radlov, Ser Ali Lapin, V.Nalivkin kabi olimlarning ishlari
bunga misol bo’la oladi.
XX asrning boshlariga kelib, Ayniqsa, 1917-yildan so’nggi davrda
professorlar E.D.Polivanov, G’ozi Olim, A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin va
V.V.Reshetov kabi olimlarning o’zbek shevalarini o’rganish va uni guruhlashtirishda
juda katta ishlari diqqatga sazovordir.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə