54
3.M.Valiyev. Nayman shevasidagi assimilyatsiya va dissimilyatsiya hodisalari
haqida. Seriya-129. Samarqand, 1963.
4.B.Hasanov. O’zbek tilining turk-barlos
shevalari fonetikasi, Toshkent, 1994.
Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi
Ta’limiy maqsad
: O’zbek xalq shevalariaro o’ziga xos tomonlarini
bir-biri bilan
qiyosiy usulda talabalarga etkazish. Shevalardagi qatlamlar (tor va keng) , o’z va
o’zlashgan qatlamlar haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
leksik boylikni, ularning bir-biridan shevalararo leksik
boylikni, ularning bir-biridan
farqlanuvchi tomonlarini, leksik qatlamlarning paydo
bo’lishidagi tarixiy sabablarni ma’ruza orqali talabalar ongiga singdirish.
Tarbiyaviy maqsad
: O’zbek shevalarining asrlar davomidagi leksik boyliklarni,
umumis’temoldagi so’zlar bilan «eski» deb ataluvchi so’zlar,
ularning tarixiy-
tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini
kengaytirish.
REJA:
1.O’zbek xalq shevalarining leksik tarkibi, ularning o’zaro farqlari.
2.O’zbek shevalaridagi leksik qatlamlar: keng qatlam va tor qatlam.
3.O’z qatlam va o’zlashgan qatlam haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar:
Leksik tarkib,
keng qatlam, o’z qatlam, o’zlashgan qatlam, o’rta qatlam, tor qatlam,
umumxalq so’zlar, umumiste’moldagi so’zlar, traditsion leksika,
semantik guruh,
atama tushunchasi.
1-asosiy savol:
O’zbek xalq shevalarining leksik tarkibi. Ularning o’zaro farqlari.
O’qituvchining maqsadi:
O’zbek xalq shevalarining so’z boyligi, shevalararo
murakkab o’ziga xos xususiyatlari shevashunos olimlarning fikrlariga suyanib
(E.D.Polivanov, A.K.Borovkov,G’.Olim, F.Abdullayev qarashlari asosida)
talabalarga atroflicha ma’lumot berish. Shevalarning boshqa
turkiy tillardan ajralib
turuvchi tomonlarini talabalar ongiga singdirish.
Dostları ilə paylaş: