12
Keyingi yillarda barcha o’zbek shevalarini areal va lingvogeografik usullar
bilan o’rganish ham tarixiy maqsadlarni ko’zda tutadi.
Dialektologiyaning shevalarni o’rganishi esa til tarixi uchun ham, xalq tarixi
uchun ham boy
va qimmatli materiallar beradi, chunki, adabiy tilda allaqachon yo’q
bo’lib ketgan yoki o’zgarishga uchragan so’zlar, ayrim grammatik shakllar mahalliy
shevalarda saqlanib qolganligi tabiiy. Ularni topib adabiy tilga olib kirish yoki uni
boyitish juda muhimdir. O’zbek dialektologiyasi o’zbek tili tarixidagi ayrim noaniq
masalalarni oydinlashtirish, hal qilish uchun asosiy manba beradi.
Qadimgi o’zbek yozma yodgorliklari tilining biz uchun noaniq bo’lgan ayrim
xususiyatlarini hozirgi o’zbek shevalari materiallari
yordamida aniqlashimiz va
to’ldirishimiz mumkin. Shevalarni o’rganish o’zbek adabiy tilining fonetik, leksik,
grammatik normalarini belgilash, orfografiya va orfoepiyasini stabillashtirish uchun
katta yordam beradi.
Shevalarni o’rganish orqali o’tmishdagi urug’-qabilalarning joylashish
hududini aniqlash, etnonimlar,
toponimlar,gidronimlar,umuman onomastika
(nomlar) vositasida xalq tarixining ayrim mavhum tomonlarini yoritish mumkin. Shu
jihatdan dialektlarni o’rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
Dialektologiya ( lahjashunoslik) ning o’rganish makoni: sheva, dialekt va lahja
atamalari.Bu atamalar dialektologiyaning o’rganish makoni (ob’ekti ) hisoblanadi.
Sheva
- biror til doirasidagi xalq jonli tilining o’ziga xos fonetik, leksik va
grammatik xususiyatlarga ega bo’lgan eng kichik qismi hisoblanadi. Masalan,
Toshloq shevasi,
Qarnoq shevasi, Turk shevasi .
Dialekt
- tilshunoslikka doir adabiyotlarda ko’pincha lahja ma’nosida , ba’zan
sheva ma’nosida ham qo’llanadi. Olimlar tomonidan yaratilgan dialektologiyaga oid
ilmiy ishlarda sheva, dialekt va lahja atamalarini farqlamaslik, aralashtirib qo’llash
hollari ham uchraydi. Dialekt xalqaro atama bo’lib, umumlingvistik “dialekt”
ma’nosida ishlatish lozim. O’zbek dialektologiyasi fani uchun sheva va lahja
atamalarini qo’llash yetarlidir.
Biroq, o’zbek xalq tilini o’rgangan olimlar bir qator shahar shevalari uchun
dialekt atamasini ishlatganlar: masalan, Farg’ona dialekti. Samarqand –Buxoro
dialekti. Andijon
dialekti, Qipchoq dialekti va boshqalar .
Lahja
-arabcha so’zdan olingani bo’lib, ravish, tarz, yo’sin ma’nolarini
bildiradi. Lingvistikada tilning bir necha sheva va dialektlarini o’z ichiga olgan,
umumiy xususiyatlari jihatidan o’xshash katta bo’lagi, ya’ni shevalar yig’indisidir.
Eski turkiy tillarga doir adabiyotlarda lahja (ruscha narechie) atamasi hozirgi
mustaqil til ma’nosida ham ishlatilgan. Masalan, turkiy tillarning qirg’iz lahjasi
(Kirgiziskoe narechie tyurkskix yazikov ) –bu ibora hozirgi qozoq tili ma’nosida
qo’llangan. Turkiy tillarning qora -qirg’iz lahjasi- bu ibora hozirgi qirg’iz milliy tili
ma’nosida qo’llangan.
Dostları ilə paylaş: