Yusuf xos hojibning «qutadg’u bilig» asari va uning til xususiyatlari reja : XI asr adabiy muhiti va negiz dialekti. «Qutadg’u bilig»



Yüklə 40,07 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü40,07 Kb.
#167437
  1   2
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti vaijodi Bobur


YUSUF XOS HOJIBNING «QUTADG’U BILIG» ASARI VA UNING TIL XUSUSIYATLARI


Reja :
1. XI asr adabiy muhiti va negiz dialekti.
2. «Qutadg’u bilig» asarining nusxalari.
3.Asar tilining fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari
Xulosa

O’zbеk adabiy tilining shakllanish davrini ko‘rsatuvchi asarlar sirasiga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini kiritish mumkin.


«Qutadug‘ bilig»- turkiy tilda yaratilgan birinchi badiiy asar, turkiy dostonnavislikning dastlabki namunasi hisoblanadi. Bu asar katta hajmdagi falsafiy- didaktik doston bo’lib, XI asr adabiy tili, adabiyoti va tarixining eng nodir yodgorligi sifatida katta ilmiy- tarixiy qimmatga ega. Eski turkiy adabiy tilning eng nodir yodgorligi sifatida katta ilmiy - tarixiy qimmatga ega. Eski turkiy adabiiy tilning rivojlanishiga, uning leksik - grammatik me`yorlarini tartibga keltirishga, ayniqsa turkiy tilning adabiy badiiy uslubini shakllantirishda bu asarning ahamiyati nihoyatda katta. Qarluq-chigil-uyg’ur tillari negizida yozilgan bu asar Qoraxoniylar davlati hududida yashagan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo’lgan, shu qabilalarning til xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Shunga ko’ra u O’rta Osiyodagi hozirgi barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligi sifatida ularning umumiy til xususiyatlarini aks ettiradi.
Axloq va odob, ta`lim va tarbiya, ilm-ma`rifat masalalariga bag’ishlangan «Qutadg’u bilig» hijriy 462-yilda, melodiy 1069-1070 yilda, Yusuf Xos Hojib Bolasog’iniy tomonidan Qoshg’arda yozib tugallangan va Qorag‘oniylar hukmdorlaridan Tavgach Bugraxonga taqdim qilingan. Muallif asarning yozilgan yili haqida shunday deydi:
Yil oltmish ikki to‘rt yuz bila
Bu so‘z so‘zladim man tutib jan sura.
«Qutadg‘u bilig» asari shе'riy pandnoma bo‘lib, podsho Kuntug‘di, dono vazir Oyto’ldi, Oyto’ldining o’g’li O’gdulmish o’rtasidagi suhbatdan iboratdir.
Hozirgi vaqtda «Qutadg’u bilig» asarining uchta qo’lyozma nusxasi ma`lum. Bular Vena, Kohira va Namangan nusxalaridir. Vena nusxasi 1439- yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan ko’chirilgan bo’lib, uni XIX asrning birinchi choragida mashhur sharqshunos olim Xammer Purgshtal Istambulda sotib oladi va Vena Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Dostondan olingan ayrim namunalarni fransuz olimi Jaubert Amedeye 1823-yilda nashr ettiradi. Venger sharqshunosi X.Vamberi esa 1870-yilda asarning ayrim qismlarini nashr ettiradi,nemis tiliga tarjima qiladi. Mashhur rus olimi V.V Radlov 1891-yilda shu nusxaning faksimlesini nashr ettiradi.
«Qutadg’u bilig» asarining XV asrda arab yozuvi bilan ko’chirilgan ikkinchi qo’l yozma nusxasi 1896-yilda Kohirada topiladi. 1897-yilda V.V.Radlov shu qo’lyozmaning ko’chirmasini olgach, 1910-yilda Vena va Kohira nusxalarining solishtirilgan matnlarini va transkripsiyasi bilan nemis tilidagi mukammal tarjimasini e`lon qildi.
Bu asarning arab yozuvi bilan ko’chirilgan uchinchi nusxasi 1914-yilda Namangandan topildi. O’zbek olimi A.Fitrat 1924-yilda bu nusxani Toshkentdagi Respublika kutubxonasiga keltirib topshirdi. U 1928-yilda «Qutadg’u bilig»dan ayrim parchalarni izohlar bilan nashr ettirdi. Bu nusxa Vena va Kohira nusxalariga nisbatan ancha mukammalroq bo’lib, eng qadimiy nusxa ekanligi taxmin qilinadi. Mashhur sharqshunos S.E. Malov 1929-yilda shu nusxadan ayrim parchalar, uning izohi va tarjimasini beradi hamda boshqa nusxalar bilan chog’ishtirib, ularning farqlarini izohlaydi. 1941-1943 yillarda turk tili jamiyati tomonidan Istanbulda har uchala nusxaning faksimilini va tarjimasi nashr etildi. 1951-yilda Toshkentda «Qutadg’u bilig» asarini o’zbek olimi K.Karimov o’zbek tiliga tarjima qildi va uning transkripsiyasi bilan nashr ettirdi.
«Qutadg’u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham yangi asardir. Janr nuqtai nazardan yangi asar bo’lgan bu kitob adib oldiga asar tili ustida ishlash uchun muhlm talab qo’ydi. Bu talab, dastavval, o’sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida mavjud bo’lgan til faktlarini hisobga olish va shu davrda ham savodli bo’lgan xalqning barchasi uchun tushunarli bo’lishini ta'minlashdan iborat edi. Bu sharafli vazifaning uddasidan chiqa olgan Yusuf Xos Hojib xalq ommasining so’z qo’llashdagi tajribasiga suyanib, uslubistik silliqlikka erishdi. Shu nuqtai nazardan «Qutadg’u bilig» asarida Yusuf Xos Hojib o’sha davr tilini ma'lum bir sistеmaga soldi va adabiy tilni rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shdi.
Asarga asos bo‘lgan dialеkt va til masalasida turkologiyada turli qarashlar mavjud.V.Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo‘lsa-da, qat`iy bir fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkripsiyasini bеradi. Chunki u asar tilini oltoy tillaridan sayxon tiliga yaqin, dеb hisoblagan edi. V.Radlov «Oltoy nazariyasi» ni yuzaga kеltirgan sharqshunos edi. Bu nazariyaga ko‘ra oltoy tilida so‘z boshida va oxirida kеlgan undoshlar faqat jarangsiz bo‘ladi. Ammo intеrvokal pozitsiyada undoshlar jarangli bo‘lishi mumkin. O‘zining shu nazariyasiga asoslanib, «Qutadg‘u bilig»ni trantskriptsiya qilib chiqdi.
Radlovning «Qutadg‘u bilig» asariga bеrilgan trankripsiyasi asosida 1891-yilda nеmischa tarjimasi e'lon qilindi. Radlovning bu qarashlari fanda ko‘p e'tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar Daniya olimi V.Tomsеn tarafidan ko‘rsatilgan edi. V.Tomsеn XI asr turkiy tilining yodgorligiga hozirgi zamon oltoy tillarining xususiyatlaridan kеlib chiqib yondashmaydi. Balki, u «Qutadgu bilig» tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsеn «Qutadgu bilig» asarini tеkshirar ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat bеrdi.
S.Е.Malov bu asarni bir o‘rinda chig‘atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga kiritsa, boshqa bir o‘rinda uni uyg‘ur-musulmon yodgorligi dеb ataydi va uning arabcha ko‘chirilgan nusxalari XI asr uyg‘ur tilini ravshan aks ettiradi dеb ta'kidlaydi. Sharqshunos olim Z.Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) asarida bu asar tilini sof turk tili dеb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.A.Valitova mazkur asarni qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar dеb e'tirof qildi.
Q.Karimov «Qutadgu bilig»ning kirish qismidagi «Mochin olimlari va hakimlari qamug‘ ittifoq bo‘ldilarkim, mashrig‘ viloyatida Turkiston ellarida Bo‘g‘raxon tilincha bu kitobdin yaxshiroq hargizkim orso tasnif qilmadi. Bu kitob qayu podshaqa yo qayu iqlimg‘a tеkdi ersa goyat o‘zlukindin nihayatdin kichekur kullu-kullu kindin... tekme biri bir turluk laqab urdilar»- dеgan jumlalarga qarab, bu asar tili Bug‘roxon qo‘l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy qabilalar uchun tushunarli bo‘lganligini bayon qiladi. Dеmak, asar tili o‘sha davr turk qabilalari tillari asosini o‘zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni XI asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi dеb qat'iy fikrga kеlish qiyin. Shunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari ustunlikka ega edi. Asar tilining struktura xususiyatlari o‘sha davr me`yorlarini aks ettirgan.
Qutadg‘u bilig» yodgorligida forscha so‘zlarga nisbatan arabcha so‘zlar ko‘proqdir. Biroq, adibning ko‘rsatishicha, asarda bor-yo‘g‘i 94 ta arabcha so‘z bor.
Asarda O‘rxun-Еnisеy yodgorligiga oid so‘zlar anchagana: bodun, qamuq, tori (qonun), bayat (xudo), bayi`g’ (past), bayiq ( tushunarli), ob (shishilmoq),od (vaqt),) od (taxt), eriz (tinch), otachi (tabib) jogu (urf-odat).
Yusuf Xos Hojib yodgorliklarda omonim, sinonim va antonimlardan ham unumli foydalangan: at (loshad) -at (imya) —at (otmoq); achig’ (achchiq — achi`g’ (toza) kabi omonimlar, yaruq-qaraqu, xosh// yaxshi-yaman, yumshaq-qatig’ , achig’-tatig’; bеduk-qodu kabi antonimlar, achig‘-silig (toza), tushar-pabuz-еrsеl kabi omonimlarni uchratish mumkin. Dostondagi aksariyat so‘zlar hozir ham (garchand fonеtik jihatidan o‘zgarsa-da) qo‘llanadi.
Shu davr fonеtik xususiyatiga ko‘ra asarda 9 ta unli tovush (и,ә,а,у,о,ы,а,ү,ө) 28 ta undosh tovush qo‘llangan.
Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Morfologiyasi bo‘yicha ko‘zga tashlanadigan hodisa shundaki, unda kеlishiklar ichida vosita kеlishigi ham uchraydi:
Тириг өлгү āхыр төшәнәр йериг
Киши әлсә едгүн көр аты тириг.
Ma'nosi: Tirik oxiri o‘ladi, еrni to‘shanadi, kishi yaxshilik bilan o‘lsa, ko‘rgin oti tirik qoladi. (96-6).
«Qutadg‘u bilig» xalq og‘zaki ijodining ta`siri ostida yaratilgan yozma adabiyotning turkiy tildagi birinchi namunasidir. Buni asarning mundarajasi, badiiy- taviriy vositalari, asarni tili va unda ishlatiladigan maqollar, hikmatli so’z va iboralar ham ko’rsatib turadi. Mas: «Qutadg’u bilig» da keltirilgan har bir hikmatli so’z va iboralarning o’sha davr qabilalari tilida qo’llanilganligini «Devoni lug’atit turk» va «Hibbatul haqoyiq» asarlarining til faktlari ham tasdiqlaydi. Bu asar til jihatidan X-XII asrlarda O’rta Osiyo va sharqiy Turkistonda tashkil topgan turkiy adabiy tilda yozilgan bo’lib, Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo’lgan, ularning tilida umumiy xususiyatlarni birlashtiradi. Bu «Qutadg’u bilig»ning kirish qismida keltirilgan «Mochin alimlari va hakimlari kamug ittifoq bo’ldilar, kim mashriq viloyatinda, Turkiston ellarida Bugraxon tilida bu kitobdan yaxshirak hargiz nimarsa tasnif qilmadi» kabi fikrlar ham tasdiqlaydi.
«Qutadg’u bilig»ning muallifi o’z asarini hammaga tushunarli bo’lishi uchun o’sha davrdagi qabilalar tilida mavjud bo’lgan umumiy va xususiy tomonlarini hisobga olgan holda ularni umumlashtirdi. Til taraqqiyotiga mos ravishda tilga ko’pgina yangi shakllar, yangi iboralar kiritdi. O’z asari tilining sodda, tushunarli, uslub jihatdan ravon, silliq bo’lishiga katta e`tibor beradi. Xalq tilida so’z qo’llash tajribasiga mos ravishda adabiy tilni juda ko’p yangi so’z va iboralar bilan boyitdi, ularni ma`lum me`yorga keltirishga harakat qiladi.
Til xususiyatlari nuqtai nazaridan «Qutadg’u bilig» asarida «y» o’rnida «d» qo’llash hodisasi ustun turadi: adak, kodazbedug, budun kabi.
Bedug bilgi birle ukush erdami
Bilglig ukushluk bodun kedemi.
(Bilimi buyuk hunarli ko’p, zakovatli xalqning sarasidir).
So’z oxirida kelgan jarangsiz undoshlarning jarangsizlanishi ancha sezilarli: tiring, kurkluk, bitig, bilig, uchuq, bishiq, uxshash kabi. Bunday xodisani «Devoni lug’otit turk» asarida ham ko’rish mumkin. Aksariyat hollarda jo’nalish kelishiga affiksining –ka, (ke) varianti qo’llanadi, -ga, (ge) varianti esa nisbatan cheklangan holda ishlatiladi: Necha ishkishike keneshgu kerak –har qanday ishni kishilarga kengashish kerak;
Karaka yaguma ey asli orun, orunge kara terk yukarul kurun - qoraga yaqinlashma, ey asli oq, oqqa tez yuqadi kabi.
Kishilik ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish kelishigi affiksining –ar varianti qo’shilib, kelishik holatlari ham uchraydi: Munr mengetu aydi shair bu suz – Bunga o’xshab shoir shu so’zlarni aytdi.Inonva anar beroye bolga elig. –Unga ishonsa, qo’liga ish topshirsa bo’ladi.
Chiqish kelishigi affiksi ko’pincha tanvin bilan yozilgan da («da») tarzida beriladi: anda dan naru – undan nari; «yuzda» bir – yuzdan bir. Ukushda» adin erdamlerig kishi Ugrenur o’tru elig – o’quvchidan boshqa fazilatlarni o’rganadi, so’ngra qo’li ishga qovushadi.
Tushum kelishigi asosan –ni, -ni shaklida kelsa ham ba`zan –g, -g’ shakli ham uchraydi:
Severig sevugsiz kilayin tesa
Tilin aygu nani tidib bermasa.
(Kim sevuvchini sevmaydigan qilayin desa, va`da qilingan narsani tiyib, bermaydi).
Fe`lning – zar affiksi shart maylining shakli uchramaydi, asosan – sa se shakli ishlatiladi: Koni so’zlasa kor asgi okush – so’zni to’g’ri so’zlasa kur, foydasi ko’p.
Er ul er turar kor kishiler ara
Yurib til kordezse bu bulsa tore
(Shu kishi erdirki, kishila orasida yurib, tiliga ehtiyot bo’lsa, to’rdan joy olsa).
Sifatdoshning –duk, -duk, -gali, gali affikslari shakli ham uchraydi: Olumug kulugli er oldirur olur.
(O’limni tilovchi kishi o’ldiradi, o’zi ham o’ladi).
O’tgan zamon sifatdoshining ko’pgina –mish, mish, ba`zan –tachi, -dachi affiksi shakllari qo’llanishi bilan birga –gan, gi affiksi shakllari ham ishlatiladi:
Naku ter eshitgil seringen kishi
Sevinsin etir er buzilmish ishi.
(Sabr qilgan kishi nima deydi, eshitgin, kishi sabr qilsa, buzilgan ishini tuzatadi).
Serib turdachi er orum kishi tutar
(Sabr qilib turuvchi kishi oqqush tutadi).
O’xshatish, chog’ishtirish ma`nolarini ifodalovchi –dey affiksi o’rinlarda –teg shaklida keladi. Bu hodisa –teg affiksining etmoq fe`li asosida yuzaga kelganligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. (g va y tovushlarining almashinishi va metateza hodisasi asosida): teg –tey-et kabi: eturgil – tuyurgil – tegurgil. Tiriklik tedukun bu eltek kechar. «Qutadg’u bilig»ning leksik xususiyatlari bo’yicha shuni qayd qilishi kerakki, unda qo’llangan so’zlarning aksariyati umumturkiy leksik qatlamni tashil qilib, u hozirgi barcha turkiy tillar uchun mushtarakdir. Ular hozir ham qo’llanadi va bir xil tushuniladi. Ko’p asrli tarixiy taraqqiyot natijasida ko’pgina turkiy tillarda bu so’zlarning ayrimlari arxaiklashib, iste`moldan tushib qolgan, ba`zilari esa ma`lum fonetik va leksik-semantik o’zgarishlarga uchragan holda hozir ham ishlatiladi: bogu-dono, asig-manfaat, foyda, saran-xasis, konilik-to’g’rilik, toru-adolat, toruk-xizmat, tishi-ayol, kumaru-esdalik. Asiglig kumar rumni kodtum sene – foydali esdaligimni senga qoldirdim.
Asarda arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan ko’pgina so’z va iboralarning ham ishlatilganligini ko’rish mumkin.
«Qutadg’u bilig» eski turkiy adabiy tilning turlicha uslublarining, tartibga keltirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu asar asosida dastlab turkiy tilning adabiy-badiiy uslubining eng muhim belgisi va xususiyati bo’lgan uning estetik vazifasi, badiiy nafosat, uning ta`sirchanligi va obrazliligi, badiiy zavq berish kabilar bu asarda to’la mujassamlashgan. Unda ijtimoiy hayot, turmushning turli sohalari bilan bog’liq ravishda ijtimoiy nutq uslubiga xos so’z va iboralarning keng ishlatilganligini ko’rish mumkin.
Ukushlug ukar ul, biliglik bilir,
Biligli, ukugli tilakka yetar.
Asarda tabiblik, kosiblik, savdogarlik, dehqonchilik kabi sohalar va shu soha kishilariga munosabat bildirish asosida turkiy tilning kasb-hunar, ishlab chiqarishga oid uslubi shakllantirilgan. Jumladan, shoir temirchi, duradgor, bo’yoqchi, uymakor va rassomlar haqida gapirib, shunday deydi:
Bu dunya etigi bulardin turur,
Ajunda tan ishlar bulardin torur.
(Bu dunyoning go’zalliklari bulardandir, olamdagi hayratomuz ishlar bulardan chiqadi).
Umuman, «Qutadg’u bilig» asari XI asr sabila tillarini birlashtirishga va u tilni rivojlantirishga katta hissa bo’lib qo‘shildi. Shuning uchun bu asar tilida o‘zbеk, uyg‘ur, qirg‘iz kabi turkiy tillarga xos bo‘lgan xususiyatlarni uchratamiz.



Yüklə 40,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə