Ызбек диалектологияси


Dialektologiyaning asosiy vazifasi



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Dialektologiyaning asosiy vazifasi
Dialektologiya fanining makoni mahalliy sheva dialekti va lahjasi bo’lib,
maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat :
- sheva va dialektlarning fonetik. morfologik, sintaktik va leksik
xususiyatlarini har tomonlama tavsif qilish;
- milliy tilning paydo bo’lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan
o’rni va shu milliy tilga asos bo’lgan shevalarni aniqlash:


13
- shevalarning o’zaro munosabatini, ularning adabiy til va qardosh
tillarga bo’lgan munosabatini belgilash;
- o’xshash xususiyatlariga ko’ra shevalarning tarqalish chegarasini
aniqlash;
- umumiy o’xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida
shevalarning ma’lum hududdagi tarqalish kartalarini tuzish va
shevalarni tasnif qilish;
- o’rganilgan shevalarni kartalashtirish asosidagi lingvistik atlasini
tuzish va boshqalar.
- Dialektologiya fanining o’zbek tilini o’qitishdagi ahamiyati;
- O’zbek tili shevalarining asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish
o’qituvchilar, ayniqsa ona tili o’qituvchisi uchun juda zarur.
Transkriptsiya
Transkriptsiya haqida umumiy ma’lumot. Transkriptsiya dialekt va shevalarda
uchraydigan tovushlarning turli ko’rinishlarini yozuvda ifodalash uchun
qo’llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun
qo’llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun
xizmat qiladigan yozuv – transkriptsiya (lotincha -qayta yozish ) deb ataladi.
Transkriptsiya uchun u yoki bu iste’moldagi (lotin, rus, o’zbek alfaviti kabi)
traditsion alfavitdan o’rni bilan ma’lum bir o’zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi.
Shuning uchun ham transkriptsiyada belgilar soni o’ziga asos bo’lgan alfavitdagi
harflar sonidan ko’p bo’ladi.
Transkriptsiyaning fonetik transkriptsiya, fonematik transkriptsiya yoki fonologik
transkriptsiya kabi turlari bor.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə