Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти


Fakultet dekani: B.B. Ma’murov



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə11/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

Fakultet dekani: B.B. Ma’murov

2015 yil “___” _______________




REJA

Kirish

I Bob.

Muammoning o’rganilganlik darajasi

1.1.

5-9 sinf o’quvchilariga voleybol dars o’tkazish uslubiyati

1.2.

Yosh voleybolchilarni tarbiyalashda texnik tayyorgarlikning mohiyati, mazmuni va xususiyatlari

1.3.

Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar

1.4.

To‘p uzatish

1.5.

To’pni o’yinga kiritish texnikasi

1.6.

Hujum zarbalari

1.7.

Himoya texnikasi

1.7.1.

To‘pni qabul qilish

1.7.2.

To‘siq qo‘yish

1.8.

To’pni pastdan qabul qilishni takomillashtirish mashqlari

1.9.

Yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarlik

II Bob.

Tadqiqotning uslubiyati, pedagogik tajribaning mazmuni va tashkil qilish tartibi

2.1.

Tadqiqot uslublari

2.2.

Ilmiy adabiyotlar manbalarini tahlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish

2.3.

Test mashqlari

2.4.

Pedagogik kuzatish va nazorat testlari

2.5.

Pedagogik tajriba

2.6.

Matematik statistika uslublari

2.7.

Tadqiqotning tashkil qilinishi

III Bob.

Tadqiqot natijalari va ularni taxlili

3.1.

Voleybol sport turini texnik tayyorgarlikni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi (jismoniy tarbiya o’qituvchilari va murabbiylar nigohida)

3.2.

Voleybol to’pini uzatish texnikasini shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi

3.3.

Zarba berish texnikasini shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi.

Xulosalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH



Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda bolalar va o’smirlar, ularning salomatligi, ijtimoiy manfaatlariga Davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. Bundan asosiy maqsad yosh avlodni salomatligini mustahkamlash, intellektual salohiyatini oshirish, millat genafondini tozaligini, salomatligini ta’minlash, komil insonni tarbiyalashdir.

Sog’lom, bilimli va fidoyi farzandlari bo’lgan xalq, albatta, o’zining buyuk kelajagini barpo etadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash, uni rivojlantirish barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim shartidir”.

Barcha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini amaliy mashg’ulotlarda (voleybol,yengil atletika, futbol, basketbol, tennis va hokazo) esa sport mahoratiga erishish bilan bir qatorda ularning jismoniy chiniqtirish xususiyatlari, sport orqali Vatanimizning shuhratini olamga yoyishdek eng ulug’vor va o’ta mas’uliyatli tarbiyaviy jarayonlar singdirib borilmoqda.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik listey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarini voleybolsiz tasavvur qilish qiyin.

Voleybol sport turi – o’z mohiyati, mazmuni va rom qiluvchi turli o’yin malakalari va kombinastiyalari bilan millionlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelmoqda.

Ma’lumki, muqaddam voleybol o’yinida hujum zarblari asosan vertikal sakrash orqali ijro etilib kelingan bo’lsa, sunggi yillarda bu malakalarni himoya zonasidan amalga oshirilishi borgan sari kuchayib borayotganligi dioganal (balandga, uzunlikka) yo’nalishda sakrash qobilyatini ham izchillik bilan shakllantirish zaruriyatini o’rtaga tashlamoqda.

Ta’kidlash o’rinliki, sakrab ijro etiladigan o’yin malakalari (hujum zarbasi, to’siq qo’yish, uzatish, qabul qilish, to’p kiritish) bir musobaqa uchrashuvi davomida 300-600 marotaba qaytarilishi mumkin.

Demak, yosh voleybolchilarni tayyorlash jarayonida, ayniqsa dastlabki o’rgatish bosqichida, jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni va harakatli o’yinlarni qo’llash samaradorligini tadqiqot asosida isbotlab berib o’quvchilarga voleybol to’pini boshqarish texnikasiga o’rgatish bugungi kuning o’ta dolzarb masalalaridan biridir.

Yuqoridagilardan kelib chikib, mazkur ishning dolzarbligi sog’lom turmush tamoyillarini yoshlarning qalbi va ongiga singdirish, kundalik ehtiyojiga aylantirishga yo’naltirilgan tegishli tuzilma va boshqaruv mexanizmini yaratish, ular orqali hududlarda ommaviy sport harakatlarini shakllantirish, o’zlari tanlagan (ya’ni voleybol) sport turlari bo’yicha muntazam shug’ullanishga ta’minlashga yordam beradi.

Shunga asoslanib aytish mumkinki, bitiruv malakaviy ishining tanlangan mavzusi dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.




Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə