Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти


Darsning tuzilishi va mazmuni



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə16/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

Darsning tuzilishi va mazmuni

Voleybol bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi, shu jumladan voleybol darsi 3 qismdan tashkil topadi.

1 qism – tayyorlov 10-12 daqiqaga teng bo’lib, o’z ichiga sinfni tashkil etish (saflanish, navbatchi o’quvchini o’qituvchiga davomat haqida axborot berishi, dars vazifalari bilan tanishtirish), saf mashqlari, umumiy va maxsus mashqlarni kiritadi.

Darsni tayyorlov qismida beriladigan mashqlar shu darsni maksad vazifalarini echishga qaratilgan bo’liщi lozim. Tayyorlov mashqlari tana muvozanatini saklash, qaddi-qomatni shakllantirish, yurish, yugurish, sakrash, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalashga mo’ljallanadi.

Darsning tayyorlov qismi o’quvchilar organizmini «qizitish» va uni funkstional jihatdan shu darsning asosiy qismiga tayyorlashdan iborat. Darsning ushbu qismini o’tkazish shiddati dastlab sekin-asta oshirilib, shu qismni o’rtasidan yana sekinlashtirilishi kerak.

Asosiy qism 30-35 daqiqa davom etadi. Mazkur qismda darsni asosiy maksad va vazifalari echiladi. Texnik-taktik malakalar o’zlashtiriladi. Buning uchun o’rganiladigan o’yin malakalariga oid taqlid va to’p bilan bajariladigan mashqlar qo’llaniladi. Malakalarga o’rgatish va ularni shakllantirish yakka tartibda yoki kichik guruhlar va barcha o’quvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu qismda o’rgatish jarayoni sekin shiddatda, takomillashtirish jarayoni esa katta tezlikda kechishi lozim.

Yakuniy qism – 3-5 daqiqa davom etadi. Bu qismning maksadi o’ta sekin shiddatda ijro etiladigan mushaklarni bo’shashtiruvchi va taranglashtiruvchi mashqlar hamda milliy harakatli o’yinlar yordamida charchoqni bartaraf etish, organizmning funkstiyalari va ish qobiliyatini tiklashga qaratiladi.

Dars davomida jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat (texnik-taktik) malakalari texnikasiga o’rgatish va ularni takomillashtirish turli pedagogik uslublar yordamida amalga oshiriladi. Bu uslublar quyidagilardan iborat:



  • tushuntirish;

  • Ko’rsatish (namoyish etish);

  • Muayyan malakani qismlarga bo’lib o’rgatish;

  • Malakani to’liq holda sekin va katta tezlikda o’rgatish;

  • qaytarish;

  • O’yin uslubi;

  • Musobaqa uslubi va hokazo.

O’rgatish jarayonida, bundan tashkari, rag’batlantirish va jazolash, ishontirish kabi usullar ham o’rin oladi.

har bir uslubni qo’llashda o’ziga xos vositalar (mashqlar)dan foydalaniladi.

Voleybol bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi yakunida, aksariyat hollarda, o’quvo’yini o’tkaziladi. Bunday uyinlarni o’tkazish davomida o’yin qoidalarini o’zlashtirishga va hakamlik qilish sirlarini o’rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.

O’rgatish va takomillashtirish jarayonida beriladigan vazifa, shu jumladan qo’llaniladigan mashqlar «oddiydan murakkabga», «o’tilganidan o’tilmaganiga» va «yengilidan og’iriga» (nagruzka jihatidan) kabi didaktik tamoyillarga rioya qilish shart.

Dars jarayonini rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartibi

darsning sifati va samaradorligi nafaqat o’qituvchining mahorati hamda tajribasiga bog’liq, balki uni muayyan darsga qanday tayyorgarlik ko’rishiga ham bog’liqdir.

Darsga tayyorgarlik ko’rish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat:



  • dars jarayonini loyihalash (rejalashtirish);

  • Darsni samarali va sifatli o’tkazish modelini ishlab chiqish;

  • Darsning foydali zichligini ta’minlash imkoniyatlarini aniqlash;

  • o’quvchilar tarkibidan yordamchilar tayinlash;

  • Tayyorlangan va tasdiqlangan dars bayonnomasini ko’rib chiqish, agar zaruriyat bo’lsa, o’zgartirish kiritish (dars bayonnomasi ilova qilingan);

  • O’quvchilar tomonidan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash (baholash) mezonlarini ko’rib chiqish;

  • Dars o’tkazish joyi, foydalaniladigan asbob, anjom va uskunalar tayyorligini ko’zdan kechirish;

  • Darsdan so’ng navbatdagi dars qanday fandan ekanligini aniqlash;

  • O’qituvchining o’z tashqi qiyofasi va sport kiyimiga e’tibor berishi;

  • Muayyan darsda ishtirok etadigan sinf o’quvchilarining jismoniy va funkstional imkoniyatlarini e’tiborga olish.

Bundan tashqari o’qituvchi quyidagi rejalashtiruv hujjatlari bilan qurollangan bo’lishi shart:

  • ta’lim standarti va klassifikatori;

  • O’quv dasturi bo’limlari bo’yicha yillik o’quv soatlarining taqsimlanish rejasi;

  • Sinflar, choraklar va darslar bo’yicha yillik reja-jadvali;

  • Choraklar bo’yicha o’kuv materiallarini taksimlanish jadvali;

  • Dars mavzulari aks ettirilgan chorak ish rejasi;

  • dars bayonnomasi;

  • Sinf jurnali.

Darsni yuqori saviyada o’tkazish, dars davomida o’quvchilar faolligini ta’minlash, beriladigan vazifa, ko’rsatma va mashqlar ijrosiga ularni ongli yondoshishlariga erishish, jismoniy tarbiya darsiga mehr va hurmat uyg’otish o’qituvchining nafaqat kasbiy mahoratiga, balki uning shaxsi va insoniy fazilatlariga ham bevosita bog’liqdir.

1-ILOVA

Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə