Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-мавзу. O’QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMPYUTER



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə70/126
tarix25.01.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99192
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Ûçáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ûðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè

13-мавзу. O’QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMPYUTER

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH




ASOSIY SAVOLLAR:

1. Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati.


2. Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish.


3. O’qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o’quvchilar bilimini nazorat qilishi.

4. O’qituvchida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish




Tayanch tushunchalar:
Zamonaviy axborot texnologiyalari; axborot resurslari; ilmiy – texnik taraqqiyot; modulli o’qitish; axborotlashtirish; gipermant va multimedia; ma’lumotlar bazasi; kompyuter texnologiyalari; immitatsiya; kommunikatsiya; bilimlar bazasi; ta’limda veb–saytlar; tashxis va monitoring; masofaviy o’qitish; modulli tizim; o’qituvchining axborot madaniyati; internet resurslari; partal; diagnostika; internet tarmog’i; elektron pochta; videoroliklar; animatsiya; axborot- ta’lim resurslari; innovatsiya; kompyuter vositalari.
Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati
O’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash ta’lim metodlarning samaradorligini oshirishga, o’qituvchilar mehnat faoliyatining o’zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomillashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o’zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o’ziga xos vazifalarni qo’yadi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:

  • masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o’qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini;

  • o’qituvchilar o’rtasida vazifalarning bir maromda to’g’ri taqsimlanishini;

  • ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qituvchining pedagogik faoliyatida:

  • ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayon engillashadi;

  • dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus malakalar shakllantiriladi;

  • masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo’lgan talablar va o’quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo’ladi;

  • talim jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyati takomillashadi, dars jarayonining samaradorligi o’qituvchidan o’quvchiga ko’chadi;

  • o’quv jarayonini tashkil etishda, o’quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi;

  • zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida o’qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o’quvchi bilan teskari aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi.

Jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Har bir o’qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o’z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’ektlarini, ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.
Hozirgi kunda o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy hayotda qizg’in faoliyat ko’rsatishi uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalari o’qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo’g’ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot o’zining ifodasini kechikib topmoqda. O’qituvchi va o’quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g’oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o’zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə