Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə71/126
tarix25.01.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99192
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Ûçáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ûðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè

Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini o’zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan bo’lsa, hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o’qishga va o’rgatishga yo’naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o’qituvchi-darslik-o’quvchi paradigmasi o’quvchi-darslik-o’qituvchi paradigmasi bilan o’rin almashmoqda. O’qituvchi endilikda yangi statusga ega bo’ladi, endi uning vazifasi o’quvchilarda mustaqil bilim olish imkoniyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo’llashga o’rgatishdan iborat. O’qituvchi bunday maqsadlarda o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o’quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini yaratishi kerak. Bunday o’qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin.
Bilimlarni o’zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansada, bilimlarni har qanday o’zlashtirish yoki egallash o’quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni o’zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bilimlarni oddiygina qaytarish o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda etarli manba bo’lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo’llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o’quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi.
Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo’ya bilish va uning echimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni echishda qo’llash uchun yo’naltirilgan. Endilikda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo’lmoqda.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə